|
SHAXS VA JAMIYATNI RIVOJLANTIRISHDA TA’LIM TIZIMINING O‘RNIBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам SHAXS VA JAMIYATNI RIVOJLANTIRISHDA TA’LIM TIZIMINING O‘RNI
Bobanazarova J.X.
JizPI professori
Baratova S.
JDPU magistri
Ta’lim tizimi rivojlanishining hozirgi bosqichida dunyoda AQSh, Yaponiya, Janubiy
Koreya, Yevropaning iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarida ta’limning tashkiliy va boshqaruv
tuzilmalari, uning maqsadli rivojlanish yo‘nalishlari va mazmuniga alohida ahamiyat berib
kelinmoqda. Bu borada har qanday mamlakat umumiy boyligining 16,0 foizi moddiy kapital, 20,0
foizi tabiiy boyliklar, 64,0 foizi inson kapitaliga to‘g‘ri kelishi dunyo mamlakatlarini ta’lim
tizimini rivojlantirish va boshqarish bilan bog‘liq jarayonlarda zamonaviy menejment hamda
uning tamoyillariga amal qilish masalalariga katta e’tibor qaratishga majbur etmoqda102.
O‘zbekiston Respublikasida ham ta’lim tizimini rivojlantirish orqali mehnat bozorini
shakllantirish kadrlar va malakali mutaxassislarga qo‘yiladigan talablar oshib borishining asosiy
shart-sharoitlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning
samarasi o‘laroq, ta’limning barcha bosqichlarida tizimli ishlar tashkil etilgan shu jumladan, oliy
ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, malaka oshirish va qayta tayyorlash ishlarini tizimli va
samarali yo‘lga qo‘yilgan deb hisoblash mumkin. Bugungi kunda butun ta’lim jarayonini
kuzatadigan bo‘lsak, insonni dastlabki bilim olishidan boshlab butun umri davomidagi faoliyati
bevosita ta’lim bilan bog‘liq. Bundan tashqari kasbga tayyorlash, kasb egalarini malakasini
oshirish, qayta tayyorlash hisobiga har qanday soha ta’lim orqali rivojlanib, taraqqiy etib
bormoqda.
102
Ta’lim bo‘yicha Butunjahon forumi. Yakuniy hisobot. – Dakar, Senegal, 2000 yil 26-28 aprel.
323
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
|
| |