|
Toshkent davlat agrar universiteti 70810701-Agrotuproqshunoslik va agrofizika (tuproq bonitirovkasi) mutaxassisligi bo‘yicha magistri
|
bet | 1/3 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 17,5 Kb. | | #101650 |
Bog'liq Ташки тақриз Махлиё
TOShKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI
70810701-Agrotuproqshunoslik va agrofizika (tuproq bonitirovkasi) mutaxassisligi bo‘yicha magistri Ollaberganova Mahliyo Matyoqub qizining
«Chinoz tumani sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarining sifat bahosi»
mavzusidagi magistr akademik darajasini olish uchun
yozilgan mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishiga
TAQRIZ
Mavzuning dolzarbligi va ahamiyati: Dunyoda sugʻoriladigan tuproqlar unumdorligini shakllanishi va qayta tiklanishi evolyusiyasi qonuniyatlarini aniqlash, tuproq xossa-xususiyatlarini dehqonchilik ta’sirida oʻzgarishini hisobga olgan holda unumdorlik darajasini belgilash orqali yer resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu borada tuproqlarning ekologik-meliorativ holatini yaxshilash, tuproq-iqlim sharoitiga mos keladigan ekin turini tanlash, tuproq unumdorligini yaxshilash va oshirish, tuproqlarni sifat jihatdan baholash hamda boshqarishda axborot texnologiyalarni qoʻllashga doir ilmiy-tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Respublikamizda sugʻoriladigan maydonlarning tuproq sifatini baholash, unumdorligini saqlash va oshirish, unumdorligi past boʻlgan yerlardan samarali foydalanishda yangi texnologiyalarni qoʻllashga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilib, muayyan natijalarga erishilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2020-2030 - yillarga moʻljallangan strategiyasida «...zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali statistik ma’lumotlarni toʻplash, tahlil qilish va tarqatishning ishonchli uslublarini joriy etishni nazarda tutuvchi tarmoq statistikasining shaffof tizimini yaratish, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni hisobga olishning kadastr tizimini takomillashtirish, shuningdek qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning kadastr bahosini aniqlash tizimini qayta koʻrib chiqish»1 boʻyicha muhim vazifalar belgilab berilgan. Bu borada respublikamizning turli tuproq-iqlim sharoitlaridagi sugʻoriladigan tuproqlarning xossa-xususiyatlarini aniqlash, sugʻoriladigan tuproqlarda turli omillar ta’sirida yuzaga kelayotgan salbiy jarayonlarni oldini olish, tuproq sifatini baholash ishlarini takomillashtirish va unumdorlik darajasini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Toshkent davlat agrar universiteti 70810701-Agrotuproqshunoslik va agrofizika (tuproq bonitirovkasi) mutaxassisligi bo‘yicha magistri
|