|
Ishni bajarishda foydalanilgan manbalar va ularni qo‘llashda bitiruvchining mahorati
|
bet | 3/3 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 17,5 Kb. | | #101650 |
Bog'liq Ташки тақриз МахлиёIshni bajarishda foydalanilgan manbalar va ularni qo‘llashda bitiruvchining mahorati: Dissertatsiya ishini yozishda mamlakatimizda va xorijda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari tahlil qilinib ularga sharx berilgan.
Magistrantning munozara yuritish qobiliyatiga baho berish: Dissertatsiyada amalga oshirilgan tadqiqotlarning mohiyatini bayon qilishda ishning har bir bobi, bo‘lim va bandlari bir–biri bilan o‘zaro bog‘liq holda tushunarli ravishda, mantiqiy izchillikda aniq va ravon ifodalangan, bayon qilingan xulosalar dissertatsiya tadqiqotining mantiqiy hosilasi sifatida ishonarli manbalar asosida aniq ifodalangan.
Xulosa, takliflar va dalillarning asoslanganligi: tadqiqot natijalari asosida 7 ta ustundan iborat ilmiy xulosalar berilgan. Tadqiqotlar natijasida olingan ma’lumotlar asosidagi xulosalar ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
Ishdagi grafik va jadvallar, ularning rasmiiylashtirish darajasi: dissertatsiya ishida 3 ta grafik, 4 ta rasm va 16 ta jadval keltirilgan. Ushbu grafik, rasm va jadvallar har bir bob va bo‘lim asosida to‘g‘ri rasmiylashtirilgan.
Ishdagi kamchiliklar:
1. Dissertatsiya ishida imloviy xatolar uchraydi.
2. Adabiyotlar sharxida ayrim adabiyotlar ruyxatda keltirilmagan.
Disertatsiya ishida keltirilgan massiv buyicha kadastr guruxlariga ajratilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Yuqorida ko‘rsatilgan taklif va kamchiliklar dissertatsiyaning umumiy mazmuni va mohiyatiga salbiy ta’sir qilmaydi. Bular o‘z navbatida kelgusidagi ilmiy tadqiqot ishlarida hisobga olishga qaratilgan.
Ishda keltirilgan ilmiy tafsilot, olingan ilmiy natijalar, ular asosida qilingan xulosalar, tavsiyalar, ma’lumotlarning yangiligiga ko‘ra magistrlik dissertatsiyalariga qo‘yilgan talablariga to‘la mos keladi.
70810701-Agrotuproqshunoslik va agrofizika (tuproq bonitirovkasi) mutaxassisligi bo‘yicha magistri Ollaberganova Mahliyo Matyoqub qizining «Chinoz tumani sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarining sifat bahosi» mavzusidagi magistrlik dissertasiya ishini yuqori baholayman va DAK oldida himoya qilishga tavsiya etaman.
Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar
instituti katta ilmiy xodimi, q/x.f.f.d (PhD) S.Sanaqulov
|
| |