|
Toshkent davlat agrar universiteti 70810701-Agrotuproqshunoslik va agrofizika (tuproq bonitirovkasi) mutaxassisligi bo‘yicha magistri
|
bet | 2/3 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 17,5 Kb. | | #101650 |
Bog'liq Ташки тақриз МахлиёIshning mazmunini baholash: Ma’lumki, yer atrof-muhitning muhim tarkibi sifatida o‘zining kenglik, relyef, iqlim, tuproq qatlami, o‘simliklari yer osti boyliklari, suvlari bilan tavsiflanganligi xolda qishloq xo‘jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi, shuningdek xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini joylashtirishning kenglik asosi bo‘lganligi sababli yer maydonlarini xususan, tuproqlar holatini o‘rganish masalalari yagona davlat yondashuvini talab qiladi.
Bu esa o‘z navbatida tuproqlar unumdorligini tizimli hamda majmuali tarzda o‘rganish, baholash asosida nazoratni amalga oshirilish zaruratini belgilaydi. Bunday tizimli nazoratni amalga oshirish yangi zamonaviy yondashuvlarni talab etadi.
Shu nuqtai nazardan magistr Ollaberganova Mahliyo tomonidan yozilgan dissertatsiya ishi Toshkent viloyati Zangiota tumani Amir Temur massivi xududida tarqalgan tipik bo‘z tuproqlarining xossa xususiyatlarini yaʼni fizikaviy, mexanikaviy va agrokimyoviy xossalarini kompleks ravishda oʼrganib, tuproq qoplamini shakllanishi, rivojlanishi va xossa-xususiyatlarini aniqlash asosida sugʼoriladigan tuproqlar unumdorligini baholash ham muhim hisoblanаdi.
Ishning tavsifi va uning afzalliklari: Dissertatsiya ishining kirish qismida o‘tkazilgan tadqiqotlarning dolzarbligi va zarurati asoslangan, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, ob’ekti va predmetlari tavsiflangan. Ilmiy tadqiqotning yangiligi va amaliy natijalari bayon etilgan, olingan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati atroflicha yoritilgan, tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish, nashr etilgan ilmiy ishlar va dissertatsiyaning tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Dissertatsiyaning «Adabiyotlar sharhi» deb nomlangan birinchi bobida o‘rganilgan mavzuga oid mahalliy va xorij ilmiy manbalari, olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari, adabiy manba’alari, internet ma’lumotlari keltirilgan. Unda tipik bo‘z tuproqlarning, xossa-xususiyatlari, unumdorligiga ta’sir etuvchi omillar, ularning unumdorligini saqlash, qayta tiklash va oshirish, hamda muhofazalashga qaratilgan ilmiy ishlarning natijalari keltirilgan.
Dissertatsiyaning «O‘rganilgan hududning tabiiy iqlim sharoitlari” deb nomlangan ikkinchi bobida, Toshkent viloyati sug’oriladigan tuproqlarining geografik o‘rni, iqlimi, o‘simlik dunyosi, gidrogeologik sharoitlari, litolo-geomorfologik tuzilishi, tuproq paydo qiluvchi jinslar, tadqiqot ob’ekti va usullari to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Dissertatsiyaning “Tadqiqotlar uslubiyoti” deb nomlangan uchinchi bobida, dissertatsiya ishida tuproqlarni bonitirovkalash bo‘yicha uslublar keltiriligan
Dissertatsiyaning “Tuproqlarni bonitirovkalash uslubiyoti” deb nomlangan uchinchi bobida tuproqlarninig sifat jihatdan baholsh bo’yicha bonitirvkalash uslublari, bosqichlari keltirilgan. Shuningdek tuproqshunoslikda umumqabul qilingan uslublar keltirilgan.
Dissertatsiyaning «Chinoz tumani sug‘oriladigan tipik bo’z tuproqlar tavsifi» deb nomlangan to‘rtinchi bobida o’rganilgan hudud tuproqlarning hozirgi holati, morfologik belgilari, mexanik tarkibi, fizikaviy va agrokimyoviy xossalarini o‘rganishga doir dala, laboratoriya-analitik va tahliliy ma’lumotlar keltirilgan va ular izohlangan. Shuningdek, Viloyat sug‘oriladigan tuproqlarining kadastr guruxlari, Chinoz tumani sug‘oriladigan tuproqlarining sifat bahosi ma’lumotlari keltirilgan.
Umuman olganda barcha bob va bo‘limlar yaxshi yozilgan va dissertatsiya yakunida xulosalar keltirilgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Toshkent davlat agrar universiteti 70810701-Agrotuproqshunoslik va agrofizika (tuproq bonitirovkasi) mutaxassisligi bo‘yicha magistri
|