|
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Ta’lim tizimini tubdan yangilash ta’limni boshqarish davlat organlari va ta’lim tizimi
ob’ektlari o‘rtasida tegishli kadrlar tayyorlash shartnomalarini rivojlantirish, unda ta’lim sifati va
samaradorligi talablarini belgilash va ushbu talablarning bajarilishi ustidan qat’iy nazorat yuritish
mexanizmini yuritish talab qilinadi. Mamlakatimizda ta’lim tizimi xizmatlari sifatiga tegishli
bo‘lgan talablar davlat ta’lim standartlarini rivojlantirishni ifodalaydi. Asosiy ta’lim dasturlari
mazmunining majburiy minimumi, yuklama hajmi, boshqa talablar belgilanadigan ushbu
standartlar ta’lim tizimida olingan ta’lim darajasini va uning sifat darajasini baholash negizi bo‘lib
qolmoqda.
B.Yu.Xodievning ta’riflashicha “Bozor iqtisodiyotida xodimlar tomonidan ta’limga tabiiy
talab yuzaga keladi. Bunda ko‘plab shunday usullar borki, ularning yordamida xodimlar yoki
doimiy xodimlar ta’lim olish orqali ko‘proq pul ishlab topadigan bo‘lishlari mumkin. Shuningdek,
ular ishlab chiqarishdan ajralmagan holda kasb orttirishlari mumkin. Ana shularning barchasi
mehnat bozori ishlashi va ta’lim tizimining rivojlanishi, uning o‘zgaruvchi iqtisodiy sharoitlarga
moslashishi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va shu bilan birga, teskari aloqalar borligini aniqlaydi103.
Shu bilan birga, iqtisodiy kon’yunktura o‘zgarishi sharoitida xodimlarning tarmoqlar va
kasblar bo‘yicha qayta taqsimlanishi ro‘y berib boradi. Ish bilan bandlikning ta’lim tarkibida ro‘y
beradigan o‘zgarishlarning katta qismi kadrlar kasb yoki tarmoq tarkibidagi siljishlar bilan
belgilanadi, shu bilan birga, ushbu o‘zgarishlarning bir qismi aholi tomonidan ta’lim xizmatlari
iste’mol qilinishi olib borishi sababli ro‘y beradi”.
O‘zbekistonda davlat davlat budjetidagi markazlashtirilgan moliya resurslarining 80 foizga
qadar mablag‘larini ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, ilm-fan, turar-joy va davlat qurilishi
sohalarining kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlarini qondirishga yo‘llaydi. Markazlashtirilgan
moliya mablag‘larining qolgan 20 foiz qismidan mahalliy va xorijiy xususiy investitsiyalarni
ishlab chiqarish jabhalarida rag‘batlantirish maqsadida foydalaniladi.
Ta’limga sarflanayotgan davlat mablag‘lari ulushini asta-sekin kamaytirib borish, bu borada
faol siyosatdan nofaol siyosatga o‘tib, moliyalashtirishni korxona va tashkilotlar zimmasiga
yuklash, ular mablag‘ini ta’limga yo‘naltirishni tashkil etishni amalga oshirish. Davlat tomonidan
faqat budjet sohalarida kadrlar tayyorlashni moliyalashtirishni saqlab qolish kerak.
Shaxs va jamiyatni rivojlantirishda uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish zarurligini
davrning o‘zi taqozo etmoqda. Mamlakatning gullab-yashnashida bu omil muhim o‘rin tutadi.
Yurtboshimizning Murojaatnomasida rivojlangan mamlakatlarda ta’limning to‘liq sikliga
investitsiya kiritishga, ya’ni bola 3 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan davrda uning tarbiyasiga
sarmoya sarflashga katta e’tibor berilayotganligi ta’kidlangan: «Ta’lim va tarbiya beshikdan
boshlanadi» degan hikmat bejizga yaratilmagan. Demak, ta’limning uzluksizligi to‘liq
ta’minlanayotganligi, ya’ni u butun umrni qamrab olishga qaratilayotganligi mamlakatimizda bu
sohada oqilona siyosat amalga oshirilayotganligidan dalolat beradi.
Bizningcha, ta’lim sohasida davlat rolining o‘zgarishi iqtisodiy islohotlarning eng asosiy
omiliga aylanmoqda. Ayniqsa, davlat tomonidan ta’lim jarayonini moliyalashtirishning yangi
mexanizmlarining tadbiq etilib borilishi nodavlat tuzilmalarning rivojlanishiga asos bo‘lmoqda.
“Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, 90-yillarning o‘rtalarigacha ta’lim bo‘yicha xarajatlarning
barchasi davlat tomonidan amalga oshirilgan. Ammo, bu xarajatlar juda katta hajmga ega bo‘lib,
ularni boshqa davlatlar xarajatlari ko‘rsatkichlari bilan solishtirib ham ko‘rish mumkin. Masalan,
1995 yilda ta’lim xarajatlari AQShda davlat byujetining14,1 foizini, Fransiyada10,8 foizni,
Germaniyada 9,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 24,4 foizni tashkil
etgan. BMTning rivojlanish dasturi tavsifiga asosan «inson kapitali» yuqori darajada rivojlangan
mamlakatlarda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 12,3 foizga teng. O‘zbekistonda ta’lim kompleksiga
103
Xodiev B.Yu.Oliy ta’lim tizimini rivojlantirishda malakali kadrlar tayyorlashning ahamiyati. “O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirish strategiyasining yangi bosqichida inson omili va manfaatlari: xalqaro amaliyot va
O‘zbekiston tajribasi” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami. – T.: TDIU, 2019. – 13 b.
|
| |