|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 326
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
● O‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida bevosita aloqaning mavjud emasligi o‘quv jarayonini
nazorat qilish va o‘quvchi natijalarini baholashni qiyinlashtiradi.
●LMSni joriy etish zamonaviy texnologik qurilmalarni talab etadi.
●O‘qituvchilar yuqori AKT kompetentlikka hamda o‘z o‘quv dasturlarini elektron ta’limga
moslashtirish qobiliyatiga ega bo‘lishlari lozim.
●O‘qituvchi individual pedagogik mahoratini to‘liq namoyish qila olmaydi.
Ta’limni boshqaruv tizimlari (LMS) — elektron ta’lim dasturlarini tashkil etuvchi, amalga
oshiruvchi hamda o‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalari ustidan nazorat olib borish va ularni
saqlab qo‘yish imkoniyatini beruvchi onlayn platforma. Ta’limni boshqaruv tizimlari o‘quv kursi
tarkibini ishlab chiqish va uni nazorat qilish uchun markaziy joyni taqdim etish orqali o‘quv
jarayonini soddalashtirishga yordam beradi. Shuningdek, LMS o‘quvchilarga dars vaqtida olgan
bilimlarini boyitish uchun zarur qo‘shimcha manbalarni ham yuborish imkoniyatiga ega qiyosi
yo‘q platform hisoblanadi.
LMS platformalari uch turga bo‘linadi: bulutli platformalar,serverga asoslangan va CMS
bilan integratsiyalangan LMSlar.LMSning bulutli platformalari. O‘quv kursining materiallari
LMSning bulutli platformalarida web-xizmatni taklif etuvchiningserver kompyuteriga
joylashtiriladi. LMSning bu turini ta’lim muassasasi yoki tashkilotning server kompyuteriga
o‘rnatib bo‘lmaydi. LMSning bulutli platformalari web-xizmat (masalan,pochta xizmati kabi)
prinsipi asosida ishlaydi, ya’ni web-xizmat taklif etilgan manzil orqali ro‘yxatdan o‘tgandan keyin
o‘quv kurslarini yaratish mumkin. Buning uchun web-xizmat o‘zining serveridan joy ajratadi va
barcha ma’lumotlar ushbu serverda saqlanadi. Foydalanuvchi esa bunga o‘ziga kerakli
materiallarini yuklashi, ta’lim oluvchilarniqo‘shishi va onlayn ta’lim jarayonini yurgizishi
mumkin. LMSning bulutli platformalaridan, asosan, korporativ ta’limda foydalaniladi. Bulutli
platforma — o‘z xizmatlarini foydalanuvchi resurslariga bog‘liq bo‘lmagan holda taqdim etuvchi
platforma.
Korporativ — bir vaqtda bir necha hududdan turli pog‘onalarda boshqariluvchi tarmoq.
LMSning bulutli platformalari: iSpring learn, Google classroom, Schoology, Loop, Learn
Amp va boshqalar.[3]
Schoology (https://www.schoology.com/) — ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan
bulutli LMS. SchoologyGoogle Drive, Microsoft OneDrive, Blackboard Collaborate,Moodle,
PowerSchool, Evernote va YouTube bilan birlasha oladi.Shuningdek, u maktab ma’lumotlari
tizimi bilan sinxronlashadi. O‘qituvchilarga o‘quvchilar bilan o‘quv materiallari va
|
| |