328
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
3.
M. R.
Fayziyeva, D. M. Sayfurov “Informatika va axborot texnologiyalari”:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik.
4.
Botirov D.B., G‘iyosov X.H. Informatika va axborot texnologiyasini o‘qitishda
bulutli texnologiyalardan foydalanish metodikasi. Jizzax - 2021.
UMUMTA’LIM MAKTABLARI O‘QUVCHILARDA KITOBXONLIK
MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Mahammatov A.R.
Jizzax DPU Maktabgacha va boshlang‘ich yo‘nalishlarida masofaviy ta’lim
kafedrasi
o‘qituvchisi
Kitobxonlik madaniyati – shaxsning o‘z kuch-quvvati,
imkoniyatlari, qiziqishlarini kitob
o‘qishga safarbar qilishining muayyan darajasidir. O‘quvchilarda o‘z o‘quv faoliyatlari davomida
kitob o‘qish, uni tahlil qilish va mazkur asar haqidagi o‘z fikrlarini bayon etish kabi ko‘nikmalar
shakllanadi. Kitobxonlik madaniyati mazkur sohada o‘quvchining yetukligini ham ifodalaydi.
Kitobxonlik madaniyati – rivojlangan tamaddunlar davrida butun insoniyatga xos bo‘lgan
ma’rifiy-ta’limiy hodisadir. U ta’lim-tarbiya natijasida o‘quvchida hosil qilinadigan ko‘nikmalar,
qiziqishlar, ijodiy imkoniyatlarni ham ifodalaydi.
“Madaniyat” – arabcha madina (shahar) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, jamiyat, insonning
ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasidir.
O‘zbek xalqi azaldan kitobxon xalq bo‘lgan. Ajdodlarimiz kitob
mutolaasi bilan muntazam
shug‘ullanganlar. Bolalarda juda yoshlikdan boshlab kitobxonlik madaniyati ko‘nikmalari
shakllantirilgan. O‘tmishda bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish ota-onalar, enagalar,
murabbiylar zimmasida bo‘lgan. Ko‘pgina ziyoli, ma’rifatli oilalarda juda katta miqdordagi
kitoblar saqlangan. Yirik kutubxonalar olimlar va zodagonlar ixtiyorida bo‘lgan. Madrasalarda
ham kitob mutolaasi bilan toliblar izchil shug‘ullanishgan. Bugungi kunda mana shu muqaddas
meros va qadriyatga sadoqat sifatida o‘quvchilarda maktab hamda
kutubxona hamkorligida
kitobxonlik madaniyatini shakllantirish ehtiyoji vujudga kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, vatanparvar, ma’naviyati yuksak, boshqa
xalqlar madaniyati va urf-odatlarini hurmat qiladigan yoshlarni shakllantirish davr talabiga
aylandi. Ayniqsa, o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish
ularni har tomonlama
shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Bu O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da alohida ta’kidlangan.
O‘quvchilarda kitobga muhabbat uyg‘otish, ularda kitobxonlik madaniyatini
shakllantirishda, avvalo, maktab va kutubxonalarning ahamiyati kattadir. Bunda o‘qituvchilar va
kutubxonachilarning o‘zaro hamkorligi muhim o‘rin tutadi.
Barkamol inson shaxsini kamol toptirish vazifasi, aslida, keng qamrovli pedagogik jarayon
bo‘lib, uni amalga oshirish bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha hal etilishi zarur.
Ulardan biri-
o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda maktab hamda kutubxona hamkorligi
natijasida erishiladigan katta pedagogik imkoniyatlarni safarbar qilishdan iboratdir.
Ma’lumki, o‘quvchilarda tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-g‘oyaviy
bilimlar va dunyoqarashni
shakllantirish vazifasini biron-bir muayyan o‘quv predmetini o‘qitish doirasida amalga oshirish
mumkin emas. Buning uchun madaniy-ma’rifiy hamda ta’lim-tarbiya jarayonini uyg‘unlashtirish
muhim ahamiyatga ega. Mazkur tizimda maktab kutubxonasi o‘quvchiga eng yaqin bo‘lgan
ta’lim-tarbiya hamda ma’rifat maskani sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Har bir o‘quvchining
o‘ziga xos qiziqishlarini e’tiborga olgan holda yondashish, ta’lim-tarbiyaviy hamda ma’rifiy ta’sir
o‘tkazish usullari yordamida o‘quvchilarning o‘quv predmetlarini muvaffaqiyatli o‘rganishlari,
ularning aqliy, axloqiy, estetik, badiiy va jismoniy jihatdan kamolotga
erishishlari uchun
imkoniyat yaratish lozim.