316
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Shaxsning kreativ salohiyati ijodiy faoliyatning dastlabki
sharti va natijasi sanalib, uning
umumiy xususiyati sifatida namayon bo‘ladi. Bu sifat esa shaxsning o‘z-o‘zini namoyon qila olish
layoqatiga egaligini va tayyorligini ifodalaydi. Shuningdek, kreativ potensial negizini har bir
ta’lim oluvchining shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvatining bir butun holda yuzaga
chiqishi tashkil qiladi.
Kreativ salohiyat umuman olgan ijodkorlik bilan chambarchas bog‘liq
holda bilish
jarayoniga yo‘naltirilgan, an’anaviy tafakkur yuritishdan farqli ravishda fikrlashning tezkorligi va
egiluvchanligida, yangi g‘oyalarni yaratish, qobiliyati, shuningdek, shaxs xarakteriga xos jihatlar
– bir qolipda fikrlamaslikda, o‘ziga xoslik, tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilishda, zakovatli
bo‘lishda aks etadi.
Odatda, talabaning kreativlik layoqatiga ega bo‘lishi muayyan muammolarni hal qilishga
intilishi, kichik ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishi va bu jarayonda qiziqish doirasi bir xil
bo‘lgan tengdoshlar bilan o‘zaro ijodiy hamkorlikka erishishi muhim ahamiyatga ega. Bu kabi
qobiliyatlar algoritmlash va dasturlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dasturlashni o‘qitish uchun o‘qituvchi avvalo “Informatika” fanini, uning usullarini chuqur
egallagan bo‘lishi, rivojlanish tarixini bilishi, kreativ va mantiqiy fikrlay olishi lozim.
Kompyuterni biron bir amalni bajarishga majburlash uchun, siz (yoki boshqalar)
unga nima
hoxlayotganingizni aniq, batafsil aytishingiz kerak.
Dasturlash, xattoki keng miqiyosda, kattaroq ilmiy fanning qismi xisoblanadi. Biz uni
dasturiy
ta’minot
bilan
bog‘liq
axborot
texnologiyalari,
kompyuter
texnikasi,
kompyuterlashtirilgan fanlar yoki boshqa ilmiy fanning bir qismi sifatida ko‘rishimiz mumkin.
Dasturlash informatikada, texnikada, fizikada,
biologiyada, meditsinada, tarixda, adabiyotda va
boshqa akademik sohalarda qo‘llanadigan qo‘shimcha texnologiyadir.
Dasturlash - amalda qo‘llash, tajriba asosida tahrirlash, tekshirish imkoniyatini yaratuvchi
amaliy va fundamental masalalar yechilishini ifodalovchi asosiy uskunadir. Dasturlash - g‘oyalar
va nazariya voqelik bilan to‘qnashuvchi fandir; unda kompyuterlashtirilgan fanlar nazariy
bo‘lmasdan eksperimental fanga aylanadi va olamga ta’sir etishni boshlaydi. Bunda qayd etish
lozimki, dasturlash - amaliy va nazariy uslublarni amalga oshiruvchi vositalardir.
Biz yuqoridagilarni inobatga olgan holda, bo‘lajak o‘qituvchilarda
algoritmik
kompetensiyalarni rivojlantirish uchun quyidagi Cluster + Creative + Learning Programming
texnologiyasini ishlab chiqdik.
Texnologiyani tarkibini Case + Diversity + Algoritm metodi bilan boyitdik. Mazkur metod
barcha ma’lumotlarni bosqichma-bosqich, soddadan murakkabga tomon adaptiv taqdim etishda
istalgan fan metodikasida foydalanish uchun qulay bo‘lgan hamda ta’limiy-informatsion
kontekstdagi barcha faoliyat sohalarida o‘zaro integratsiya hamda ilm va reallik o‘rtasidagi
bog‘liqlikni ifodalovchi, axborot bilan ishlash jarayonini tizimlashtirishga xizmat qiladi.
Case + Diversity + Algoritm ishlash metodikasi shundan iboratki, aralash onlayn, offlayn
ta’lim shakllarida, hamkorlikdagi va shaxsga yo‘nalgan case study ta’lim metodlari, ta’lim
vositalaridan raqamli texnologiyalar, smart texnologiyalar, AKT
lar va bosma materiallardan
iborat. Jismoniy vertual kenglikda olib boriladi, baholash mezonlari motivatsion-shaxsiy, kognitiv,
faoliyatga doir, korreksion baholovchi.
Case + Diversity + Algoritm metodining Manchester usuli bo‘yicha statik yechim olish,
Garvard usuli bo‘yicha diversifikatsion yechimga ega bo‘lamiz.
Bu metodning amalga oshirish texnologiyasi ma’lumot bilan tanishish, topshiriqlarni
aniqlash, yechish usulini aniqlash, javoblarni birlashtirish, natijani
taqdim etish va baholashda
ishtirok etish.
Bu texnologiyani qo‘llashimizdan maqsad, bizga ma’lumki, masalaning algoritmini tuzishda
talabadan ijodiy fikrlash, masalaga ijodiy yondoshish talab yetiladi. Tuzilgan algoritm asosida
dasturlash tillarida berilgan masalaning dasturini tuzish oson. Demak, talaba birdaniga masalaning
algoritmi va dasturini tuza olish imkoniga ega bo‘ladi. Shu o‘rinda biz masalani yechishda Klaster
metodini qo‘llashni taklif qilamiz sababi, masala berilganda talabadan masaladagi asosiy