|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 315
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Qonunda erkin iqtisodiy zonaga ham ta’rif berilgan . Unga ko‘ra erkin iqtisodiy zona —
yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, yuqori texnologik ishlab chiqarishni rivojlantirish,
zamonaviy raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltirilgan tayyor sanoat
mahsulotini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga faol jalb etish, shuningdek ishlab chiqarish,
muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport, ijtimoiy infratuzilmani va logistika xizmatlarini
rivojlantirishni ta’minlash maqsadlarida tashkil etiladigan hudud hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida hududlarning ishlab chiqarish, resurs salohiyatidan kompleks
va samarali foydalanishni ta’minlash, transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirishda erkin iqtisodiy zonalarning alohida o‘rni bor. Bugungi kunda
O‘zbekiston Respublikasida 23 ta erkin iqtisodiy va 348 ta kichik sanoat zonasi faoliyat
yuritayotgan bo‘lib, ularda umumiy qiymati 2,6 milliard dollarlik 453 ta loyiha amalga oshirilishi
natijasida 36 mingga yaqin ish o‘rni yaratilgan.
Bunday erkin iqtisodiy zonalarga “Navoiy”, “Angren”, “Jizzax”, “Urgut”, “G‘ijduvon”,
“Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalari, shuningdek, “Nukus-farm”, “Zomin-farm”,
“Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm”, “Parkent-farm” singari
farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan 7 yangi erkin iqtisodiy zonalarni ham kiritish mumkin.
2021- yilda erkin iqtisodiy zonalarda umumiy qiymati 1,1 milliard dollar bo‘lgan 332 ta loyiha,
kichik sanoat zonalarida umumiy qiymati 9,5 trillion so‘m bo‘lgan 1 ming 800 ta loyiha ishga
tushirilishi rejalashtirilgan96.
Xulosa o‘rnida aytganda, erkin iqtisodiy zona — bu yangi ishlab chiqarish quvvatlarini
barpo etish, yuqori texnologik ishlab chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy raqobatbardosh, import
o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltirilgan tayyor sanoat mahsulotini ishlab chiqarishni
o‘zlashtirishga faol jalb etish maqsadida tashkil etiladigan hududdir. Uni tuzishdan maqsad eng
avvalo, mamlakatni yoki alohida olingan hududni strategik rivojlantirishga doir vazifalarini, ya’ni
tashqi savdo, umumiqtisodiy, ijtimoiy, hududiy va ilmiy-texnik masalalarni hal qilishdan iborat
bo‘ladi.
|
| |