314
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
ERKIN IQTISODIY ZONALARNING O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIDAGI
AHAMIYATI
Xusanov Qaxramon Akbarovich
Jizzax davlat pedagogika universiteti magistranti
Har qanday mamlakat iqtisodiyotining barqaror va izchil o‘sishi uning raqobatbardoshligi
bilan bog‘liqdir. Bu vazifalarni amalga oshirishda xorijiy investitsiyalani jalb qilish va ular uchun
qulay shart-sharoitlarni yaratish muhim yo‘nalishlardan hisoblanadi.
XXI asrga kelib, xalqaro
iqtisodiy integratsiya va xalqaro savdo munosabatlarining rivojlanishi
natijasida alohida soliq,
bojxona va imtiyozlar rejimiga ega bo‘lgan, mamlakatning hududiy jihatdan ajratilgan qismi erkin
yoki maxsus iqtisodiy hududlarga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Bunday hududlar tashkil etilgan
mamlakatda aholi bandligini oshirishda, turidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish yoki xizmat
ko‘rsatish soha va tarmoqlarini rivojlantirishda, mamlakatning eksport
salohiyatini oshirishda,
hududga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Erkin iqtisodiy zonalarning ilk ko‘rinishlari 1704-yilda Gibraltarda, 1819-yilda Singapurda,
1848-yilga Gonkongda paydo bo‘ldi92. Zamonaviy ko‘rinishga ega ilk iqtisodiy zona 1942-yilda
Puerto Rikoda tashkil etildi93. O‘tgan asrning 50-yillaridan boshlab G‘arbiy Yevropa , AQSH va
Yaponiyada ko‘plab erkin iqtisodiy zonalar tashkil etildi.
BMT savdo va rivojlanish konferensiyasining 2019-yil Global investitsiya hisobotiga ko‘ra
hozirgi kunda jahonda 147 mamlakatga tegishli turli shakllardagi 5383 ta maxsus iqtisodiy zonalar
faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning 1000 dan ortig‘i so‘ngi 5 yilda tashkil etilgan. Kelgusi yillarda
yana 500 dan ortiq maxsus iqtisodiy zonalar tashkil etilishi kutilmoqda. Geografik jihatdan maxsus
iqtisodiy zonalarning quyidagicha taqsimlangan94:
Osiyo - 4046 ta
Afrika- 237 ta
Shimoliy Amerika- 262 ta
Lotin Amerikasi va Karib mamlakatlari- 486 ta
Yevropa- 105 ta
Maxsus va erkin iqtisodiy zona tushunchasiga milliy qonunchiligimizda quyidagicha
ta’riflar berilgan. 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida” gi
qonuniga ko‘ra erkin iqtisodiy zona- mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish uchun
mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida
tuziladigan, aniq belgilangan ma’muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo‘lgan maxsus
ajratilgan hududdir.
Ammo bu qonun 2020- yil 12-fevralda kuchga kirgan “Maxsus iqtisodiy zonalar
to‘g‘risida”gi qonun bilan o‘z kuchini yo‘qotdi. Yangi qonunga ko‘ra
maxsus iqtisodiy zona-
tegishli hududni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun chet el investitsiyalari va mahalliy
investitsiyalarni, yuqori texnologiyalar hamda boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida maxsus
ajratilgan, belgilangan chegaralarga va maxsus huquqiy rejimga ega bo‘lgan hududdir95. Qonunga
ko‘ra maxsus iqtisodiy zonalar quyidagi turda tashkil etilishi mumkin:
erkin
iqtisodiy zonalar;
maxsus ilmiy-texnologik zonalar;
turistik-rekreatsion zonalar;
erkin
savdo zonalari;
maxsus sanoat zonalari.
92
https://world-economic.com/ru/articles_wej-114.html
93
ebook.law.uiowa.edu/ebook/faqs/what -are- special -economic -zones
94
https://unctad.org/system/files/official-document/WIR2019_CH4.pdf
95
“Maxsus iqtisodiy zonalar to’g’risida”gi qonun