|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 312
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
dolzarbligi bilan muhimdir, chunki, ushbu jarayon (innovatsion jarayon) ta’lim muassasalarini
yashash sharti (bevosita va ko‘chma ma’noda ham), kelajak avlodlar va pedagoglar jamoasining
aloqalarini ijtimoiy himoyalash sharti bo‘lib ham xizmat qiladi. Bunday holatda “innovatsion
jarayonlar orqasidan quvish” bugungi kun hayotimizning ajralmas qismi ekanligini ham tushunish
zarur. Xohlaymizmi yoki yo‘q bizning ta’lim muassasalari devorining orqasida bozor va bozor
munosabatlari jarayoni ketayapti.
Bu jarayon tog‘ridan-tog‘ri bizga tegishlidir, chunki ta’lim muassasalari o‘rtasidagi raqobat
tushunchasi ularni raqobat qobiliyati, ta’lim sifati, ijtimoiy buyurtmalar bularning hammasi
turmushimizga kirib kelayapti. Tog‘rirog‘i, bu jarayon biz yashayotgan muhit, hayot tarzi
ekanligini har doim xis etib turishimiz kerak. Bu jarayonga qarshi turish befoyda va havflidir. Biz
tanlash imkoniyatiga ega emasmiz va ushbu tezkor jarayon (quvish jarayoni) da ishtirok etishga
majburmiz. Mazkur jarayonda eng muhimi aql bilan, foydali tarzda, o‘z tashkilotimiz uchun
ishtirok etishdan iborat. Ko‘pchilik mutaxassislar fikricha, o‘zgarishlarga qobiliyat, bugungi
kunda rivojlanishning hal qiluvchi omili, u yoki bu ta’lim muassasalarining raqobat qobiliyatini
ta’minlovchi asosiy omil deb hisoblaydilar.
Ta’lim barcha faol va sust o‘zgarishlar ta’sirini qabul qilavermaydi, jamiyatda bo‘layotgan
voqealarga esa o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ana shu nuqtai nazardan ta’limdagi o‘zgarishlar faqatgina
natija sifatida emas, balki jamiyatning kelgusidagi o‘ziga xos rivojlanish shartidir.[1:12] Bugungi
kunda maktab tizimidagi an’anaviy va ommaviy ko‘rinishdagi ta’lim va tarbiya jarayonlari o‘rniga
ta’lim muassasalari rivojlanishida o‘ziga xos yangilik bo‘lib innovatsion jarayonlar kirib
kelmoqda.
“Innovatsion ta’lim” deganda odatda o‘quv jarayoniga yangi (foydali) elementlar olib kirish
tushuniladi. Shuning uchun ta’lim tizimida innovatsiya o‘zgartirish bilan bevosita bog‘liq. Bunday
keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish uchun ta'lim tizimida ilgarilab ketgan mamlakatlar
tajribasini o‘rganishimiz va o‘zimizda qo‘llash chora tadbirlarini ko‘rishimiz zarur. Bu borada
Finlandiya, AQSh, Germaniya va Yaponiya kabi ko‘plab rivojlangan davlatlar tajribasiga tayanib
mamlakatimiz umumta'lim maktablarida " variativ ta'lim"ni joriy qilishni maqsad qilib oldik.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2019/2020- o‘quv yilining uchinchi choragidan boshlab
10-11-sinflarida fanlar ixtiyoriy tanlov asosida o‘qitiladigan bo‘ldi.[3:1] Bu borada 2019-yilning
28-dekabr kuni Xalq ta’limi vazirining “”Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida variativ o‘quv
rejalarni tajriba-sinovdan o‘tkazish” to‘g‘risida” gi 405-sonli buyrug‘i chiqdi va u joylarga
yetkazildi. Bu xabar ko‘plab o‘qituvchilar, ota-onalar va o‘quvchilarda turli savollar paydo qildi.
Jarayon qanday tashkil etiladi? Maktablarda bunga sharoit bormi? Qaysi yo‘nalishlar tanlov
fanlarga qamrab olingan? O‘quvchilarning barchasi o‘ziga kerakli fanlarni tanlab, boshqasida
qatnashmasa, boshqa fanni umuman o‘qimasa ham bo‘laveradimi? Maqolada mana shu kabi
savollarga javob olishingiz mumkin.
Variativ o‘quv rejani joriy qilish umumiy o‘rta ta'lim maktablari uchun ixtiyoriy
hisoblanadi.[3:1]
Avvalo, variativ o‘quv rejani joriy etishdan maqsad o‘quvchining manfaatlarini inobatga
olish, ularning oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari mavjud fanlarni chuqur
o‘rganishlariga sharoit yaratish, o‘quv jarayonini kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil
etishdan iborat. Ammo, shunday bo‘lsa-da, o‘quvchi, o‘qituvchilar va ota-onalar tomonidan
qo‘llab-quvvatlanmasa, maktabda variativ o‘quv reja bo‘yicha tegishli fandan dars berish uchun
yetarli malaka va tajribaga ega o‘qituvchilar bo‘lmasa, joriy etilmaydi.[4:1] Shuningdek, variativ
o‘quv reja amalga oshirilayotgan maktablarda o‘quvchilarning xohish-istaklariga ko‘ra an’anaviy
sinflar ham mavjud bo‘ladi.[4:3] An’anaviy sinflarda 2019/2020-o‘quv yiliga mo‘ljallangan
tayanch o‘quv reja asosida dars olib borilsa, tanlov sinflarda variativ o‘quv reja amalda bo‘ladi.
Tanlov sinfida o‘quvchilar soni 35 nafargacha bo‘ladi.
Tanlov sinflar yo‘nalishlari:
• xorijiy til va filologiya;
• moliya-iqtisod;
|
| |