|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 310
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
professor-oʻqituvchilar Blum taksonomiyasini amaliyotda qoʻllash koʻnikma va malakalariga ega
boʻlishlari talab etiladi. Identiv oʻquv maqsadlarini oʻquv vazifalariga aylantirish koʻnikmasiga
ega boʻlmasdan turib, mashg‘ulot jarayonini muvafaqqiyatli loyihalashga erishish mumkin emas.
4. Oliy ta‘lim jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish an‘anaviy oʻqitish
tizimining muqobili sifatida xizmat qilishi lozim. Chunki barcha auditoriya mashg‘ulotlarida
interfaol metodlarni qoʻllashga zaruriyat yoʻq. Eng asosiysi, texnologik yondashuv asosida oʻquv
mashg‘ulotida kutilgan natijaga erishilishi lozim. Mazkur jarayonda maqsadga erishishga imkon
beruvchi istalgan maqbul metodlardan foydalanish mumkin. Shuningdek, professor-
oʻqituvchilarning texnologik yondashuvni notoʻg‘ri talqin etgan holda, ma‘ruza mashg‘ulotlarini
talabalarning oʻzlari tomonidan oʻtib berilishini talab qilishlari ham maqsadga muvofiq emas.
Ma‘ruza mashg‘ulotiga nisbatan bunday yondoshuv uning samaradorligini ta‘minlashga toʻliq
xizmat qilmaydi.
Oliy ta‘limda oʻqitishning asosiy shakli sifatida ma‘ruzaga qoʻyiladigan metodik, shu
jumladan ma‘ruzachiga qoʻyiladigan maxsus talablar mavjud. Mazkur talablarning toʻliq
bajarilishi professor-oʻqituvchi (lektor) orqaligina samarali amalga oshishi mumkin. Faqat
anjuman-ma‘ruza mashg‘ulotlarini talabalarning ma‘ruzalari asosida tashkil etish imkoniyati
mavjud va bu sohada respublikamizda katta tajriba toʻplangan. Bunda ham anjuman-ma‘ruzani
tashkil etish va oʻtkazish talablariga rioya qilinishi lozim. Oliy ta‘limda ma‘ruza mashg‘ulotlariga
alohida ahamiyat beriladi. Professor-oʻqituvchilar ma‘ruza ashg‘ulotlarining bir nechta usullaridan
foydalanishlari mumkin. Shu usullardan samarali foydalanilganda ham innovatsion
texnologiyalardan foydalanildi deb hisoblash mumkin. Chunki ma‘ruza turlaridan anjumanli,
binar, muammoli, koʻrgazmali, maslahatli, provakatsiya (oldindan rejalashtirilgan xatoliklar bilan
mashg‘ulot) ma‘ruzalardan foydalanish ham professor-oʻqituvchidan katta ma‘suliyat,
tayyorgarlik, ijodiy yondoshuv, koʻp mehnat talaba qiladi. Masalan, fizika mutaxassislari
talabalariga dars oʻtish jarayonida bir qator mashg‘ulotlar, ya‘ni ma‘ruza, seminar, amaliy va
laboratoriya mashg‘ulotlari oʻtkaziladi. Ushbu mashg‘ulotlarning har biri alohida xususiyatga ega.
Hozirgi paytda koʻplab oliy ta‘lim muassasalari laboratoriya invertarlari bilan shuningdek,
kompyuter texnikasi hamda innovatsion ta‘lim berishga imkoniyat beruvchi elektron doskalar va
multimedialangan uskunalar bilan jihozlanmoqda. Bu esa ta‘lim jarayoniga innovatsion ta‘lim
texnologiyalarini qoʻllash imkonini beradi va ta‘lim sifati samaradorligiga erishiladi. Yuqoridagi
fikrlardan kelib chiqqan holda, oliy ta‘lim tizimida innovatsion ta‘lim texnologiyalarni qoʻllash
samaradorligini oshirish maqsadida quyidagi metodik vazifalarni muvafaqqiyatli hal etish lozim
deb hisoblaymiz:
1) professor-oʻqituvchilar innovatsion ta‘lim texnologiyalarining ―interfaol metod‖,
―texnologiya‖, pedagogik texnologiya kabi tushunchalarning mazmun-mohiyatini aniq tushunib
olishlari zarur. Mazkur tushunchalarning mohiyatini toʻg‘ri anglay olmaslik ularni qoʻllashda
koʻplab metodik qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Oliy ta‘limda asosiy e‘tibor oʻqitish jarayonini
loyihalash (texnologik model) va rejalashtirish (texnologik xarita)ga, ya‘ni texnologizatsiyaga
qaratilishikerak;
2) oliy ta‘limda fanlarni oʻqitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanishda metodik
qoidalar va koʻrsatmalarga rioya qilinishi kerak. Aniq metodik koʻrsatmalarga rioya etish orqali
intferfaol metodlarni samarali qoʻllash imkoniyati yuzaga keladi. Bu esa ta‘lim sifatining oshishiga
xizmat qiladi;
3) fanlar boʻyicha ta‘lim texnologiyalarini yaratishda xilma-xillik, ijodiylik, innovatsion
yondashuvlarga asoslanish, bir qolipga tushib qolishdan saqlanish maqsadga muvofiq. Mazkur
jarayonda fanlarning, mashg‘ulot shakllari, mavzularning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan
holda yondoshish oʻrinli boʻladi.
Ta‘lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanishdagi muammolarni bartaraf
etish uchun professor-oʻqituvchilarga mustaqil ishlash, darsga tayyorgarlik koʻrish uchun sharoit
yaratish; xar bir fan sohasi boʻyicha innovator oʻqituvchilar tamonidan tayyorlangan va darsda
|
| |