|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 308
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
o‘qituvchi esa faol bo‘lgan bo‘lsa, “Tibbiyot elektronikasi” fanini o‘qitishda innovatsion
metodlarni qo‘llash – bu o‘quvchi bilan muloqot qilishning yangi metodlari (uyin texnologiyalari,
loyihalash, individual ta’lim), ular bilan hamkorlik pozitsiyasi, ularni bugungi zamon
muammolariga jalb etishni taqozo etadi. Innovatsion metodlar – bu talabalarga o‘z imkoniyatlarini
namoyon etish metodlaridir. Bu esa o‘quvchining innovatsion fikrlashini, ularda texnologik
kompetentsiyalarning shakllanishini ta’minlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.Zaripov L.R. Innovatsion ta’lim sharoitida o‘quvchilarni texnologik tayyorlash //
Pedagogika jurnali. 2019 yil. № 5. - B. 92-98.
2.N.Muslimov, M.Usmonboeva,D.Sayfurov, A.To‘raev Innovaцion ta’lim texnologiyalari
Toshkent. 2015 y.
3.Mangal S.K., Fundamentals of Educational Technology, Ludhiana: Tandon Publications,
1994.
Nishonaliyev U.N. Ta’lim standartlari va pedagogik innovatsiyalar – T.; Xalq ta’lim, 1999,
№ 6. 28 – 31 betlar.
4.Kamoliddinov.M, Vaxobjonov.B “Innovatsion pedagogik texnologiyalar”. “Talqin”.
Toshkent. 2010.
TA’LIM JARAYONIGA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI
QOʻLLASHDAGI MUAMMOLAR VA ULARNI RIVOJLANTIRISH OMILLAR
J.S.Raximjonov
Farg‘ona politexnika instituti assistenti,
A.A.Bannobov
Farg‘ona politexnika instituti talabasi, KLT fakulteti SPO 2-21 guruh talabasi
Bugungi kunda jamiyatimizda yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi, ta‘limning
dunyo ta‘lim tizimiga integratsiyalashuvi, ta‘limda kredit-modul tizimi amaliyoti joriy
etilayotganida demokratiyalash va insonparvarlashtirish jarayonlarining rivojlanishi ta‘lim
jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarga yangicha yondashuv zarurligini taqozo
etmoqda.
«Ta‘lim to‘g‘risidagi qonun»da zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va
oʻzlashtirish zarurligi koʻp marta takrorlanib, ularni oliy oʻquv yurtlariga olib kirish zarurati
uqtirilgan.
Olib borilgan tahlillarning koʻrsatishicha, nega bugungi kunga kelib, zamonaviy pedagogik
texnologiyaga qiziqish shunchalik darajada kuchaydi, degan mulohaza tug‘ilishi tabiiy.
Jamiyatimizga qanchadan-qancha bilimli va malakali kadrlarni etishtirib kelgan pedagogikaning
oʻziga xos uslublari mavjud. Pedagogik jamoatchilikning aksariyati mana shu yoʻldan bormoqda,
ammo mustaqil va kelajak sari intilayotgan jamiyatga bu yoʻl kutilgan samara bilan xizmat qila
olmaydi. Chunki buning zamirida ma‘lum sabablar mavjud, ya‘ni;
1. Dunyoning eng rivojlangan mamlakatlar qatoridan oʻrin olish uchun, aholining ta‘lim
darajasini samarali jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy
pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanishning zarurligi;
2. Fan-texnika taraqqiyotining yuqori darajada rivojlanganligi natijasida axborotlar tizimi
hajmining tobora koʻpayib borayotganligi;
3. Zamonaviy texnika va texnologiyalarni ta‘limga tatbiq etish, ta‘lim jarayonini
kompyuterlashtirish, oʻquv-tarbiya jarayonida axborot texnologiyasi va texnik vositalardan keng
foydalanishga erishishi;
4. Talaba va professor-oʻqituvchi faoliyatini toʻg‘ri yoʻlga qoʻyish, oʻqituvchi ta‘lim
maqsadi va mazmunini puxta bilishi, ta‘lim usullari, metodlari va vositalarini yaxshi egallagan
boʻlishi, talabaning qiziqish va intiluvchanligini toʻg‘ri yoʻlga yoʻnaltira olishi lozimligi;
|
| |