304
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
siyosiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratishga ham sabab bo‘ladi. Shu bilan birga qabul qiluvchi
mamlakat iqtisodiyotiga salmoqli daromad olib keladi.
Umuman shuni aytib o‘tish kerakki, oliy ta’limning jozibadorligi va sifati oliy ta’limning
xalqarolashishi bilan chamcharchas bog‘liq. Eng ko‘p xalqaro talabalarni jalb qilgan davlatlarning
universitetlari xalqaro reytinglarda eng yuqori o‘rinlarni egallagani ham bejizga emas. Masalan,
Jahon universitetlari akademik reytingida AQSHning 200 ta universiteti o‘rin olgan bo‘lsa, Buyuk
Britaniyaning 65 universiteti ushbu reytinga kiritilgan.89
Markaziy Osiyo davlatlari oliy ta’lim tizimining global oliy ta’lim
tizimiga integratsiya
jarayoni o‘tgan asrning oxiri, 21-asr dastlabki yillariga to‘g‘ri keladi.
Mazkur mintaqa mamlakatlari oliy ta’lim tizimining xalqarolashishi darajasi va ko‘lami
borasida ham sezilarli farqlar bor. Ayniqsa Qozog‘iston Respublikasini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Xalqaro talabalar oqimi va akademik mobillikda ham mintaqaning boshqa mamlakatlariga
nisbatan ustunlikka ega. Qozog‘iston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari mintaqada eng ko‘p
xalqaro talabalarni qabul qiladi va bu mamlakat talabalari xorijiy mamlakatlarga o‘qish uchun eng
ko‘p chiqib ketadi.YUNESKO statistika instituti hisobotiga ko‘ra, 2019-2020 o‘quv
yilida
Qozog‘istonda 40 ming xorijlik talaba ta’lim olgan bo‘lsa, 2020-2021 o‘quv yilida bu ko‘rsatkich
10 mingdan ortiq nafarga kamayib, 29 mingni tashkil etdi.90 Bu davrda O‘zbekistondan borgan
talabalar soni 25000 tadan 15000 taga kamaygan.
Shu bilan birga Qozog‘iston ayni vaqtda mintaqa davlatlari orasida talabalari xorijda eng
ko‘p o‘qiydigan mamlakat hisoblanadi. 2019-yil yakunlariga ko‘ra qozo‘gistonlik 89,292 nafar
talaba xorijiy mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olgan.91 Rossiya Federatsiyasi
qozog‘istonlik talabalarni jalb qilish bo‘yicha yetakchi bo‘lib, bu mamlakatda 2019-2020 o‘quv
yilida 71,368 nafar talaba ta’lim olgan. Shuningdek O‘zbekiston va Qirg‘izistonning ham ta’lim
sohasidagi xalqarolashishini ham e’tirof etish kerak.
Xulosa
sifatida shuni aytish mumkinki, oliy ta’limning xalqarolashishida talabalarning
akademik mobilligi muhim ahamiyatga egaligi bilan birgalikda, uning eng ajralmas unsurlaridan
biri hamdir. Ya’ni oliy ta’limning xalqarolashishini xalqaro talabalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.