305
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Masalan, Finlyandiyada yoshlar jamoat markazlari faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib,
ularda yuqori malakali mutaxassislar ish olib boradi. Yoshlar ushbu markazlarga ish vaqtida,
odatda kechki paytlar va dam olish kunlari bemalol murojaat etishi mumkin. Ular markazlarga
o‘zaro muloqot qilish hamda turli tadbirlarda ishtirok etish uchun keladi.
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislar mediapedagog sifatida ularning mediaolami va
mediamadaniyatini yaxshi biladi. Yoshlar mediamadaniyati kattalarnikidan sezilarli tarzda
farqlanishi mumkin. Shu sababdan yoshlar va kattalar o‘rtasidagi tushunmovchilikni bartaraf etish
hamda yuqori sifatli mediata’limni ta’minlash maqsadida medialar
mohiyati hamda yoshlar
mediamadaniyati xususida aniq tasavvurlarga ega bo‘lish darkor. Bunday bilim ayniqsa medialar
bilan bog‘lik va yoshlarga mo‘ljallangan tadbirlarni tashkil etish jarayonida juda zarur.
Kutubxonalari qoshidagi axborot resurs va yoshlar markazlari, kattalar va yoshlar
o‘rtasidagi muloqot va munozaralarning muhim maydonchasi hisoblanadi. Aksariyat talabalar
o‘zini texnikaviy jihatdan tayyor bo‘lg‘usi mutaxassis va medialar borasida ma’lumotga ega
foydalanuvchi sifatida qabul qilinishini istaydi, ammo
ularga kattalarning ayniqsa, qadriyatlar,
tanlov va axloq masalalarida qo‘llab-quvvatlashi juda zarur. Talabani medialardan foydalanish
xavfsizligi ko‘nikmalariga o‘rgatishda o‘qituvchining o‘rni va roli beqiyos.
Bundan tashqari, yoshlar masalalari bo‘yicha mutaxassislar ularni media vositasida o‘zining
betakror ichki dunyosi(masalan, kontent yaratish va mediadagi chiqishlarda o‘z fikrini bildirish
yo‘li bilan)ni ko‘rsatishga o‘rgatishi, bir vaqtning o‘zida talabaga intellektual mulk huquqi va
yoshi borasidagi cheklovlar haqida ko‘proq narsa o‘rgatishida, boshqa huquqiy masalalarda
axborot olishida katta yordam ko‘rsatishi mumkin.
Mediata’lim nafaqat tahdidlarga javob berish va medianing imkoniyatlaridan foydalanish
vositasi
hisoblanadi, balki undan turli, masalan, kiberbulling, uzoqlashish, irqchilik va tanholik
kabi mavzularga diqqatni qaratishga ko‘mak beradi.
Bundan tashqari, mediata’lim media
vositasida yoshlarning ushbu tahdidlarga qarshi kurashdagi ishtirokini kengaytirishga
ko‘maklashadi. Axborot resurs markazlari esa bunday mavzudagi munozara va bahslar uchun
qulay makon bo‘lib xizmat qiladi,
chunki ular, an’anaga ko‘ra, zarur mediavositalar, xususan,
Internetga ulangan kompyuterlar va o‘yin konsollari bilan jihozlangan.
Mediata’limga yondashuvning eng oddiy usullaridan biri yoshlar bilan mediakontent,
kontekst va ularni yaratish borasidagi suhbatlar hisoblanadi. Teatr tomoshalari, o‘yin va kino
oqshomlari, yoxud yoshlar tomonidan yaratilgan qisqa
metrajli filmning premerasi
mediata’limning amaliy usullaridan hisoblanadi.
Gazeta, jurnal, blog va videomahsulot tayyorlash bilan bog‘liq loyihalar mediata’limning
nisbatan ilg‘or uslubi sanaladi. Axborot resurs markazlarida bunday loyihalarni amalga oshirish
uchun imkoniyat va vaqt mavjud. OO‘Yuning turli ta’lim yo‘nalishi o‘quv jarayoniga 1-va 2-
bosqichida fakultativ yoki tanlov fan sifatida media va axborot savodxonligi kursini kiritish, ularda
yuqorida sanab o‘tilgan barcha o‘quv modullarni qo‘llash mumkin. Ushbu holatda Internet juda
qo‘l keladi, chunki undan virtual muhitdan foydalanish bo‘yicha yordam va maslahatlar olish
imkoni bor.
Talabalar bilan virtual muhitda ishlash nisbatan yangi soha hisoblanadi. Uning doirasida
o‘zini ijodiy namoyon etishi va ishtiroki kabi mavzularni, shuningdek, turli tahdidlar: masalan,
kiberbulling, Internetga bog‘lanib qolish, gruming, ya’ni jinsiy majburlash maqsadida bolaning
ishonchiga kirish haqida axborot yetkazish kiradi. Bundan tashqari, talaba-jurnalistlar ijodiy
loyihalarni amalga oshirish orqali virtual makonda tarqatilayotgan axborotga mutaxassis sifatida
baho berish ko‘nikmalarini hosil qiladi. Qolaversa, o‘quv jarayonidagi doimiy ijodiy muhit yosh
mutaxassisni o‘qitishning dastlabki bosqichlaridanoq tashqaridan
kirib kelayotgan
mediamahsulotlarning mazmunini, maqsad-muddaosini va xattoki, tub mohiyatini aniqlash va
saralash imkonini beradi.
Nima uchun talabalar bilan ishlashda media ta'lim muhim?
Yoshlar kunning bir necha soatini ommaviy axborot vositalari bilan ishlashga
sarflaydi. Filmlar, musiqiy videolar va teleseriallar o‘zlikni rivojlantirish
uchun ingredientlarni