|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 273
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
2) Vaziyat bilan bog‘liq (har doim insonni qiziqtirib kelgan shart sharoitlarni ro‘yobga
chiqarish).
3) Komformist.
4) Kasbiy motivatsiyalar (o‘ziga yaqin ijtimoiy olamning ya’ni yaqinlarini, do‘st va
tanishlarining maslahatlari bilan).
Oliy ta’limda talabalarda kasbiy motivatsiyani shakllantirish bo‘yicha bir qator tadqiqotlar
olib borilgan va borilmoqda (E.Ya. Kochelaeva, A.V. Kalashnikova, O.V. Odegova, A.S.
Krivonogova, O.V. Polshikova va boshq.).
Garchi ko‘plab tadqiqotchilar (M. I. Sergeev, N. M. Nazarova, L. F. Serbina, Z. N.
Smirnova, N. A. Strogova, A. I. Jivina, A. A. Dmitriev, S. M. Sokolova, A. M. Gendin, L. I.
Dmitrieva, O. N. Usanova va boshqalar) o‘z ishlarida maxsus pedagoglarning kasbiy
motivatsiyasini shakllantirishga bilvosita to‘xtalgan bo‘lsa ham, bu mavzu ilmiy ishlarda kam aks
ettirilgan.
Hozirgi vaqtda yuqori malakali defektologik kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj universitet darajasida
kasbiy motivatsiyani shakllantirish zarurligini taqozo etmoqda, chunki, o‘qishni tugatgandan
so‘ng, talabalarning bir qismigina o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlamoqda, bitiruvchilar o‘z-o‘zini
takomillashtirish va o‘z-o‘zini rivojlantirishda yetarli darajada motivatsiyaga ega emaslar.
Aksariyat holatlarda jamiyatda rivojlanishida kamchiligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan
achinish, qo‘rquv ba’zi holatlarda jirkanish kabi salbiy tuyg‘ular zoxir bo‘ladi. Bu jamiyatning
imkoniyatlari cheklangan shaxslar haqida yetarlicha bilimga ega emasliklarini ko‘rsatadi. Maxsus
pedagogika fakultetiga qabul qilingan aksariyat talabalar kelajakda qanday bolalar bilan ta’lim –
tarbiya ishlarini olib borishlari haqida to‘liq tushunchaga ega bo‘lmaganlar. Ularning ko‘pchiligi
tibbiyot bilim yurtiga o‘qishga kira olmaganliklari uchun yoki aynan shu soxada imkoniyatlari
cheklangan bolalar ta’limi bilan shug‘ullanganlik uchun to‘lanadigan qo‘shimcha maosh hisobiga,
yoxud farzandi yoki yaqin qarindoshlari imkoniyatlari cheklangan shaxs bo‘lganligi sababli shu
kulliyotni tanlaganliklarini bildirishadi. Bu esa ularda kasbga bo‘lgan noto‘g‘ri motivni
shakllanganligidan dalolat beradi va kelajakda korreksion ta’lim jarayonini tashkil etishda salbiy
ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, zamonaviy ta’lim tizimi talabalarning kasbiy motivatsiyasini
shakllantirish, tolerantlik, o‘zini o‘zi rivojlantirish, mas’uliyat kabi shaxsiy fazilatlarini
shakllantirish va mustahkamlash tizimini takomillashtirishni talab qiladi. Talabalarning kasbiy
motivatsiyasini shakllantirish uchun ularni turli xil faoliyat turlariga jalb qilish kerak: o‘quv-
kasbiy yoki amaliy – kasbiy, auditoriyadan tashqari ma’naviy – marifiy ishlar. Bu talabalarning
amaliy mashg‘ulotlarida o‘zini-o‘zi takomillashtirish uchun qo‘shimcha imkoniyat bo‘lib xizmat
qilishi mumkin.
Bir qator tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra (P.Ya. Galperin, A.N. Leontiev, A.M.
Matyushkina, N.V. Samoukina) bo‘lajak defektologlarda o‘z kasbi haqida yetarli tushunchani
shakllantirish uchun nafaqat pedagogik tamoyillar va nazariyalarni, balki ularning kasbga bo‘lgan
ijobiy-psixik qarashlari, shuningdek, shaxsiy – kasbiy fazilatlarini ham shakllantirish kerak[7].
Motivatsiyani shakllantirish uchun tashqi va ichki motivlarning mavjudligini hisobga olish
kerak. Ichki motivlar talabaning o‘zi o‘quv jarayonida rivojlanish istagi mavjudligini ko‘rsatadi.
Tashqi motivlar tashqaridan ota-onalar, do‘stlar tomonidan ya’ni talabani o‘rab turgan muhit
tomonidan shakllantiriladi va bular maslahatlar, ko‘rsatmalar, talablar, majburlashlar va boshqalar
ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Shunchaki oliy ma’lumotli bo‘lish yoki hayotda
muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqish ham tashqi motivlar doirasiga kiradi.
Ta’lim jarayoni - bu nafaqat bitta shaxsga ta’sir qiladigan, balki ushbu shaxsning murakkab
motivatsion tizimini tashkil etadigan ko‘plab motivlarni shakllantirishni o‘z ichiga olgan
murakkab faoliyat turi hisoblanadi.
Oliy ta’lim muassasalari talabalarining motivatsiyasini oshirishning ba’zi usullarini ko‘rib
chiqamiz.
O‘qituvchi tomonidan talabalarni rag‘batlantirish jarayoni. O‘qituvchilar talabalarga
kelajakda ularni ham moddiy ham ma’naviy jixatdan yuksaltiradigan bilimlarga bo‘lgan ehtiyojni
|
| |