|
BO‘LAJAK DEFEKTOLOG – LOGOPEDLARDA KASBIY MOTIVATSIYANIBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам BO‘LAJAK DEFEKTOLOG – LOGOPEDLARDA KASBIY MOTIVATSIYANI
SHAKLLANTIRISH MUAMMOLARI
Bozorov Otabek Yo‘lchi o‘g‘li
Toshkent davlat pedagogika universiteti stajor - tadqiqotchisi
Har qanday faoliyat turini bajarish uchun, har qanday vazifani amalga oshirish uchun ushbu
faoliyatga bo‘lgan motivni shakllantirish kerak.
Mοtiv (lotincha movere – qo‘zg‘atmoq, harakatga keltirmoq) — inson faoliyatida muayyan
maqsadni bajarishga sabab bοʻluvchi οmil, uni harakatga va faοliyatga undοvchi, ehtiyοjning
yuksak shakli sifatida paydο bοʻluvchi ichki rag‘bat hisοblanadi.
Hοzirgi zamοn psixοlοgiyasida motiv atamasi subʼyektni faοllashtiruvchi turli hοdisa va
hοlatlarni ifοdalash uchun qοʻllanadi. Xatti-harakat va faοliyat motivlarining majmuasi
mοtivatsiya deyiladi. Motivlar ehtiyοj negizida vujudga keladi va shakllanadi.
Kasbiy faoliyatga bo‘lgan motivatsiya yoki kasbiy motivatsiya - bu “kasb tanlashni va ushbu
kasb bilan bog‘liq vazifalarni doimiy ravishda bajarishni belgilaydigan aniq motivlarning
harakati” hisoblanadi.
Kasbiy motiv va motivatsiya muammosi xorij psixologlari tomonidan keng doirada tadqiq
qilingan. Jumladan, kasbiy motivlar borasida E.A.Klimov, V.A.Kruteskiy, A.N.Vasilkova, E.Disi,
V.Vrum, M.V.Dmitriy va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Shaxsning ish faoliyati bilan bog‘liq
motivatsiyalarni 3 guruhga ajratish mumkin; birinchisi – mehnat faoliyati motivlari, ikkinchisi -
kasb tanlash motivlari va uchinchisi – ish joyini tanlash motivlari. Aniq faoliyat esa barchasini
jamlangan holda izohlanadi, ya’ni, bunda mehnat faoliyati motivlari, kasb tanlash motivlarining
shakllanishi, shuningdek, qolgan ikkita motiv orqali esa ish joyini tanlash motivlari ham yuzaga
keladi.
Kasb motivlarini quyidagilarga ajratish mumkin:
1) Dominant (kasbga qiziqishning ustun turishi).
|
| |