|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 261
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Hozirgi vaqtda taklif qilingan muqobil yondashuvlar integratsiyaga alohida e'tibor qaratdi,
kognitiv va hissiy sohalar va fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan o‘quv jarayoni. Bu an'anaviy
ta'lim cheklovlariga qarshi reaktsiya edi. U ta'limning intellektual jihatlariga, bilim va ko‘nikmalar
va asosiy mahoratga e'tibor qaratdi.
OLIY TA’LIMDA O‘QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYALARI
Imomnazarova O‘g‘iloy Fozilovna
JDPU Ta’lim muassasalarining boshqaruvi magistranti
Har bir oliy ta’lim muassasasi tomonidan xorijdagi etakchi turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari
bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yaqindan yo‘lga qo‘yish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim
standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim dasturlari va o‘quv-
metodik materiallarni keng joriy etish, ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali chet el
o‘qituvchilari va olimlarini jalb etish muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizning har bir oliy
ta’lim muassasasi bilan AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Rossiya,
Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va shu kabi boshqa davlatlarning etakchi ilmiy-ta’lim
muassasalari bilan hamkorlik aloqalarining o‘rnatilgani o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Shu
asosda har yili 350 nafardan ortiq xorijlik yuqori malakali pedagog va olimlarning mamlakatimiz
oliy o‘quv yurtlariga o‘quv jarayoniga jalb etilishi ko‘zda tutilmoqda67.
Bundan asosiy maqsad xorijiy ilg‘or texnologiyalarni ta’lim tizimiga qo‘llash hisoblanadi.
Natijada kadrlarni kasb mahorati, faoliyatidagi yuqori natijadorlikga erishiladi. Insoniyat
jamiyatining hozirgi zamon rivojlanish darajasi mustaqil respublikamiz ijtimoiy hayotining barcha
sohalarida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarda o‘z aksini topmoqda. Bunday o‘zgarishlar
shak-shubhasiz, barkamol shaxsni tarkib toptirish bilan chambarchas bog‘liq. Aynan ana shu
masala "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonunda o‘z aksini topgan.
Bugungi kunda insoniyat jamiyati, shuningdek, mustaqil respublikamiz xalqi oldida turgan
ijtimoiy-itisodiy, g‘oyaviy-siyosiy, ta’limiy-tarbiyaviy muammolarning echimini topish tabiiy,
ijtimoiy, texnik fanlarni o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro munosabatlariga bog‘liq. Chunki, ularning
barchasi mohiyati, mazmuni, tabiati, shakli va ko‘lamiga ko‘ra tizimlilik xarakteriga ega bo‘lib,
ularga aynan mos yondashuv yordamida tadqiq etilib, echimi topiladi. Bu o‘z navbatida ta’lim-
tarbiya ishida ham tizimli yondashuvdan foydalanishni ko‘zda tutadi. Ko‘p sonli manbalar,
xususan pedagogik amaliyot sohalarining tahlili ta’lim-tarbiya jarayonining rivojlanishiga to‘siq
bo‘layotgan muammolar mavjudligidan guvohlik beradi. Bular asosan, bizning fikrimizcha,
o‘rganilayotgan ob’ektlarning ba’zi bir jihat va xususiyatlarini lavhalar (fragment) shaklida
o‘rganish natijasida yuzaga kelib, mantiqan bog‘lanmagan va tizimlashmaganligidadir.
Amaliyotdagi bunday holatlarni bartaraf etishda integrativ yondashuv muhim ahamiyat kasb
etadi. Fanda "Integratsiya" tushunchasi XVIII asrdayoq G.Spenser tomonidan qo‘llanilishiga
karamay, unga davr taqozosiga ko‘ra yaqin paytlargacha yetarli ahamiyat berilgan emas. Ilmiylik
nuqtai nazaridan olib qaraganda integratsiyaning asosini olamning yaxlitligi va uni tashkil etuvchi
qism (element)larning o‘zaro aloqadorligi, munosabatlari tashkil etadi.
O‘quv jarayonining tuzilishini aniqlashning ko‘plab yondashuvlari mavjud. Bir qator
olimlar o‘quv jarayonidagi, o‘quvchilarning kasbiy va darsdan tashqari ijodiy faoliyatidagi ta’lim
vazifalari tizimi orqali yaxlit ta’lim jarayonining mazmun tarkibiy qismlarini ko‘rib chiqadilar.
Boshqalar o‘quv jarayonining tuzilishini quyidagi aloqalar to‘plami sifatida tushunishadi:
ma’lumot olish (talabalar uchun o‘quv vazifasini belgilash va o‘quv materialini taqdim etish
yoki talabalarning mustaqil ishi);
67
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi. 2017 yil 20 aprel, PQ-2909-son qarori
|
| |