“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini




Download 7 Mb.
Pdf ko'rish
bet271/568
Sana18.01.2024
Hajmi7 Mb.
#140135
TuriСборник
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   568
Bog'liq
ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам

255 
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini 
 
 takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
 
 
 
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
06.12.2022 
 
Shaxsni o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganish uchun, ayniqsa “tashqi va ichki 
faoliyat bir xil umumiy tuzilmaga ega bo‘lganligi” va zamonaviy psixologiya fanining muhim 
kashfiyotlaridan biri [2;14] shundan iboratligi sababli ko‘proq fikrlash modellari mos bo‘lib, ularni 
yaratishning asosi sifatida hissiy-ifodali namunalar xizmat qilishi bilan model “obrazli model” deb 
nomlanishi mumkin. 
Mutaxassislarning fikrlariga ko‘ra, “obrazli yoki xayoliy model”ni nafaqat bilishning 
maxsus vositasi sifatida, balki ilmiy-tadqiqot evristik fikrlashning o‘ziga xos shakli sifatida ham 
qarash mumkin bo‘lib, bizning tadqiqotimiz maqsadlari uchun bu juda muhim edi, chunki bizga 
o‘rganilayotgan muammoni yangi holatda ko‘rish zarur edi [3;127]. 
Mustaqil ta’lim masalalari bo‘yicha ishlarni shuningdek o‘z ta’kidlashlariga ko‘ra 
hayotlarida kitob muhim ahamiya kasb etgan va hozirda ham muhim rol o‘ynaydigan insonlar 
biografiyalarini tahlil qilib olingan ma’lumotlarni turli yoshdagi kitobxonlarning (kichik 
o‘quvchilar, o‘smirlar, talabalar) xulqlarini bevosita kuzatishlar ma’lumotlari va o‘z-o‘zini 
kuzatish ma’lumotlari bilan qiyoslab, bizni qiziqtiruvchi hodisada 3 ta komponent: kitobga 
murojaat etishning shaxsiy mazmuni, maqsadga moslashtirish bilan kitoblarni ko‘rib chiqish odati 
va qobiliyati va o‘qilganning mazmunini to‘laqonli o‘zlashtirish ahamiyatli rol o‘ynashi 
to‘g‘risidagi xulosaga keldik. 
Mazkur komponentlardan har biri maxsus bilim, ko‘nikma va malakalarning murakkab tizim 
ostini ifodalashini tushunamiz, ammo tadqiqotning birinchi bosqichida bizni tizim ostidan ko‘ra 
ko‘proq, ularning kitobxon faoliyati tizimidagi roli va o‘zaro aloqadorligi qiziqtirdi. Mazkur 
o‘zaro aloqadorlikni aniqlash ularning o‘zaro hamkorligini va tizimning ichki va tashqi 
ishlashining haqqoniyligini tasdiqlashi mumkin. 
O‘z ichiga sanab o‘tilgan 3 ta komponentni kirituvchi, malakali katta kitobxon faoliyatining 
umumlashgan hissiy-ko‘rgazmali obrazi sifatidagi tizim modeli, uni konstruksiyalashdan so‘ng 
o‘ziga xos ideal tuzilmani ifodaladi. Biz uchun uning farqli xususiyati kitobxonlik faoliyati uchun 
mazkur tuzilmaning ixtiyoriy komponetlaridan biri boshlang‘ich hisoblanishi mumkinligi bo‘ldi, 
ammo komponentlar o‘rtasidagi aloqalar va bog‘liqliklar faqat qat’iy belgilangan izchillikda 
yuzaga keldi. 
Modeldagi komponentlarning miqdoriga mos ravishda “boshlanish”, aloqadorlik va 
bog‘liqliklarning 3 varianti o‘rganildi. 
Birinchi variant. O‘qituvchida kitobga murojaat etishning qat’iy belgilangan aniq, uning 
uchun yaqin maqsadi mavjud (ilmiy yoki amaliy). Mazkur holatda “o‘qishning shaxsiy mazmuni” 
komponenti boshlang‘ich sifatida xizmat qiladi va bog‘liqliklarning quyidagi bo‘g‘inini aks 
ettiradi: o‘qish maqsadidan – kitoblar olamiga kirish, bunda ko‘rib chiqish yo‘li bilan maqsadga 
ko‘proq javob beradigan kitob tanlanadi, so‘ngra kitob mazmunida, agar maqsad haqiqatda 
kitobxonning muloqotga ehtiyojini ifodalasa, kitob tanlovi esa haqiqatda maqsadga muvofiq 
bo‘lsa, unda kitobxonning kelgusi faoliyati faqatgina kitobni o‘qish sifatiga bog‘liq bo‘ladi 
[4;252]. 
Kerakli kitobning mazmuniga mos uni o‘qish kitobxonning ongida shubhasiz taassurot, 
qiziqish uyg‘otadi, navbatdagi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi, irodani biror-bir yangi maqsadlarga 
erishishga undaydi, ularni amalga oshirish uchun esa yana umuminsoniy faoliyatning fazoviy-vaqt 
maydonidan ko‘p qirrali ma’lumotlar olami, ya’ni kitoblar olami bilan muloqotga chiqish kerak 
bo‘ladi.

Download 7 Mb.
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   568




Download 7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  “Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini

Download 7 Mb.
Pdf ko'rish