254
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
2.
O‘rinova F.O‘. Nutq madaniyati asosi. Boshlang‘ich ta’lim. – T.: 2006. 11-son. 25-
b.
3.
O‘rinova F.O‘. Dars jarayonida nutq madaniyatini shakllantirish. Uzluksiz ta’lim.
– T.: 2006. 5-son. 92-b.
4.
O‘rinova F.O‘. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida nutq madaniyatini shakllantirish.
Uslubiy qo‘llanma. – T.: Fan, 2007. –50 b.
5.
Farsakhanova, D., & Azdamova, M. (2021). Boshlang‘ich
sinflarda sifat ustida
ishlash bo‘yicha topshiriqlar tizimini ishlab chiqish. Jurnal innovaцii v nachalnom
obrazovanii, 1(BTNA_1).
KITOBXONLIK VOSITASIDA IQTIDORNI YUZAGA CHIQARISH
Pardaboyev Doston
JDPU o‘qituvchisi
Mamaraximov Azim
JDPU
talabasi
Ijtimoiy sub’ekt sifatida inson xulqini tartibga soluvchi, bola faoliyatini boshqarishga imkon
beruvchi tuzilma, mexanizm va omillarni belgilovchi qonuniyatlar ko‘pincha pedagogikadan
tashqarida – psixologiya va fiziologiya, biofizika, bioximiya va xulq-atvor genetikasi kabi fanlar
sohasida qolmoqda hamda bu qator hollarda pedagoglarni ilmiy dalillar va isbotlarga emas, balki
bolalar ta’limi va tarbiyasini empirik darajada, intuitiv taxminlarga tayanib qurishga majbur etadi.
Bundan “bola-kitob-jamiyat” muammosini o‘rganishdagi qo‘shimcha qiyinchiliklarni tug‘diradi.
O‘quvchilarda mustaqil kitobxonlikni shakllantirishda kitob bizni “ijtimoiy inson”ni
tarbiyalash va o‘z-o‘zini tarbiyalash
vositasi sifatida qiziqtiradi, chunki u ma’lumotga ega
kitobxonga so‘z san’ati orqali psixikasi va insonlar xulqining nozik tomonlarini ochadi hamda shu
tariqa boshqa insonlar hamda o‘z-o‘zining haqiqiy qadriyatini anglaydi [1;11].
Ammo mazkur qurolni egallash uchun, o‘quvchi pedagogning rahbarligida uning mazkur
sifatida o‘rganishi, uni kitobxonga aynan o‘zi singari kitobxon bilan tanlangan muloqot qilish
cheksiz to‘siqsiz imkoniyatini ochuvchi alohida faoliyat obyekti sifatida o‘zlashtirishi kerak.
Demak, yetti yoshdagi bola – bu individual shaxs bo‘lganligi sababli, kitoblarni muloqot vositasi
sifatida o‘rganish, insoniyat tomonidan tarixiy taraqqiyot jarayonida to‘plangan
tajribaga ega
bo‘lish imkoniyati sifatida kitobxonlik faoliyatini o‘zlashtirish, mazkur faoliyatni intellektual
qobiliyatga aylantirish va muloqotning tanlovga asoslanganligi
maqsadida kitobga ehtiyojni
shakllantirish – bularning barchasi ta’lim bilan belgilangan va bizni qiziqtiruvchi mustaqil
kitobxonlik sifatini shakllantiruvchi kitobxonlik tayyorgarligining pog‘onalaridir.
Ammo ular
buning yakuniy natijalarimi va agar ularning tashkiliy komponentlari hisoblansa, ular bir-biri bilan
qanday bog‘langan?
Mazkur savollarga javob berish uchun, biz ma’lumotli yoki
malakali katta kitobxonni
tavsiflovchi va biz tadqiqotning maqsad hamda vazifalaridan kelib chiqib andoza sifatida qabul
qilishimiz va to‘g‘ri deb hisoblashimiz mumkin bo‘lgan kitobxonlik faoliyati jarayonini
modellashtirish metodiga murojaat etdik.
To‘g‘ri kitobxonlik faoliyati modelini tasavvur qilish
va tahlil qilishdan avval, biz
modellashtirish metodi 60-yillar boshlang‘ich ta’limi pedagogik muammolarini o‘rganish uchun
biroz odatiy bo‘lmaganligi holatida murakkab jarayonlar va hodisalarni tadqiq etish uchun fanda
ko‘p yillardan beri qo‘llanilishini ta’kidlab o‘tamiz, shuning uchun ham zamonaviy tadqiqotchi
turli modellar majmuiga va modellashtirishning nazariy-bilishga oid hamda metodologik
funksiyalarini tushuntirishlariga ega bo‘ladi.