236
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
YOSHLAR BAG‘RIKENGLIK FENOMENINI YUKSALTIRISHDA MA’NAVIY
TARG‘IBOT TEXNOLOGIYALARI
Aripov Alisher Abdumalikovich
Jizzax davlat pedagogika universiteti
mustaqil tadqiqotchisi
Jamiyat ma’naviy xavfsizligini ta’minlashda yoshlar bag‘rikengligi fenomenini yuksaltirish
bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan, unga yangicha mazmun va mohiyat baxsh etuvchi targ‘ibot-tashviqot
faoliyati bilan aloqador ijtimoiy dasturlar bugungi kunning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib
qolmoqda. Mazkur jarayonni olib borish uchun ijtimoiy va siyosiy fanlarning yutuqlari, ma’naviy
targ‘ibotchining salohiyatidan samarali va unumli foydalanish vazifasi ma’naviyat va ma’rifat
ishida tegishli texnologiyalarini qo‘llash va undan unumli foydalanishni taqoza etadi.
Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi 71-maqsadida “Ezgulik va insonparvarlik
tamoyiliga asoslangan «Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari» g‘oyasini keng
targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni
umummilliy harakatga
aylantirish” belgilangan bo‘lib ma’naviy targ‘ibotning asosiy maqsadlari, vazifalari va
texnologiyalari ko‘rsatilgan:
“Aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha huquqiy-ma’rifiy tadbirlarni
xalqimizning boy tarixi, ilmiy-madaniy merosi, milliy-diniy qadriyatlarni o‘rgatish bilan uyg‘un
holda tashkil qilish.
Targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishning ta’sirchan, kreativ va innovatsion uslublarini
ishlab chiqish hamda ularni o‘z vaqtida amalga oshirish choralarini ko‘rish.
O‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma’naviy
merosini asrab-avaylash, keng
ommalashtirish hamda rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash.
Oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash.
Ma’naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish.
Mafkuraviy xurujlarga qarshi milliy g‘oya asosida birgalikda kurashish, oila, maktab va
mahalla hamkorligini mustahkamlash va shu asosda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash
ko‘nikmasini shakllantirish.
“Yoshlar — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” shiori ostida “Yangi O‘zbekiston —
Uchinchi Renessans” g‘oyasining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash”51.
Bugungi kunda har qanday ma’naviy
hodisani, uning hozirgi kundagi ahvoli, ertasi va
istiqboldagi rivojlanish ko‘lamini tahlil etish ishlariga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Bu jarayon
jamiyatda ma’naviy-ma’rifiy sohani takomillashtirish uchun yangicha an’analar
asosida
izlanishlar demakdir. Jamiyatimizda bu borada bugungi kunda muhim qadamlar qo‘yildi va bu
jarayonga aloqador bo‘lgan o‘quv va ilmiy muassasalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ma’naviy-
ma’rifiy sohani yanada yuksaltirish uchun tadqiqot va tahliliy ishlar, ilmiy-texnologik jarayonlarni
tashkil etish ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi, bu jarayonda asosiy
muammolarni hal etib borishga ko‘maklashadi. Bu borada “Uzluksiz ma’naviy tarbiya
konsepsiyasi”da ta’kidlanishicha, “O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasini
zamonaviy asosda ilmiy-
texnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar uni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib
chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetensiyalar, fazilatlar asosida shakllantirishni talab
etmoqda”52.
Chunki, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish sohasida barcha chora-tadbirlarning taqdiri
ma’lum jihatdan jamiyatdagi ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot jarayonlarni izchil tadqiq etish va uni
takomillashtirish bo‘yicha tegishli xulosalar berib borish bilan bog‘liq. Zero,
mamlakatimiz
51
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. 2022-2026 Yillarga mo‘ljallangan YAngi O‘zbekistonning
Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida. 28 yanvar, 2022 yil, 60-son. https://lex.uz/docs/5841063.
52
Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
qarori.
31
dekabr,.2019
yil.
№1059.
https://lex.uz/docs/4676839?ONDATE2=19.06.2020&action=compare.