|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 239
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Baholash va qiyoslash darsi. 16). Munozara 17). Press markaz kabi noan’anaviy usullardan
foydalanish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi «2022 — 2026 yillarga
mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-60-son farmoni.
2. Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. 31 dekabr,.2019
yil. №1059.
https://lex.uz/docs/4676839?ONDATE2=19.06.2020&action=compare
.
3. Karimov I. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. T.8. -
Toshkent: O‘zbekiston, 2000. –B. 29-30.
4. Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. 31 dekabr,.2019
yil. №1059.
https://lex.uz/docs/4676839?ONDATE2=19.06.2020&action=compare
5. Jabborof X., Azimova F., Sultonov A. Targ‘ibot tadbirlarining ilmiy-amaliy
ta’sirchanligini oshirish mexanizmlari (uslubiy ko‘rsatma). –Toshkent, “HILOL MEDIA”, 2019.
–B. 8.
DAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASALARINING TASHKILIY BOSHQARUV MODELI
Ikromova Gavhar
JDPU Ta’lim muassasalarining boshqaruvi magistranti
Ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ta’lim sifati va
samaradorligini oshirish maqsadida ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirishga
yo‘naltirilgan davlat dasturlari, hukumat qarorlari, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilariga
qaratilayotgan e’tibor, ular uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ta’lim sifatini oshirishdagi
mavjud muammolarning yechimini topish, ta’lim mazmunini takomillashtirish bilan bir qatorda,
uning sifatini ilmiy asosda boshqarishni ham taqozo etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining
ijtimoiy sohani rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlarining 4.4.-bandi ta’lim va fan sohasini
rivojlantirishga bagishlangan bo‘lib, unda maktabgacha ta’limdan boshlab oliy ta’lim va undan
keyingi ta’limni sifat jihatdan yangi boskichga ko‘tarish vazifasi belgilangan56.
Darhaqiqat, bugungi globallashuv davrida ta’lim va fanning o‘rni beqiyos. Jahon bankining
baholashiga ko‘ra, zamonaviy iqtisodiyotda har qanday mamlakat umumiy boyligining 16%i
moddiy kapital, 20%i tabiiy boyliklar, 64%i inson kapitaliga to‘g‘ri keladi. Yaponiya va
Germaniyada milliy boylikning 80 foizini inson kapitali tashkil etadi. Jamiyat taraqqiyotining
hozirgi bosqichida yalpi qo‘shimcha qiymat ishlab chiqarish unumdorligini oshirish va
yangiliklarni joriy etish, ya’ni bilimlarni amaliyotga qo‘llash orqali yaratilmoqda. Bu esa,
rivojlangan davlatlarda ta’limning jamiyatdagi rolini qayta ko‘rib chiqish va uni ustuvor
rivojlantirish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda.
Ta’lim jarayonlarini boshqarishdagi ko‘plab muammolarning kelib chiqishi "...ta’lim
tizimlarining rivojlanishini boshqarishdagi ...o‘zi bo‘larchilik va ...palapartishlik... natijasidir.
56
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги "Ўзбекистон Республикасини янада
ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тугрисида"ги 4947-сонли фармони. www.lex.uz.
|
| |