|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 237
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
birinchi Prezidenti I.Karimov aytganlaridek, “Mavjud vaziyatni, yaqin istiqbolimizning
rivojlanish tamoyillarini, kerak bo‘lsa, undagi salbiy holatlarning ijtimoiy sabablarini xolis
o‘rganadigan nodavlat, mustaqil tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish, ularning
imkoniyatlaridan to‘la foydalanish zarur. Toki bu tashkilotlar har qanday manfaatdan yoki
ta’sirdan xoli bo‘lib, bizga real hayot haqida, muayyan ijtimoiy hodisa va voqealarni keltirib
chiqaradigan omillar haqida achchiq bo‘lsa-da, xolisona, haqqoniy xulosalar bersinlar”53.
Jamiyatda ma’naviy targ‘ibot ishida ilmiy tahlillar va yangi texnologiyalarni qo‘llash
bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifat sohasidagi ilmiy jamoatchilik vakillarining diqqat
markazidagi masalaga aylanib bormoqda. Mamlakatni ijtimoiy va ma’naviy jihatdan taraqqiy
ettirish, jamiyat ma’naviy tizimini barqarorligini ta’minlash va bu borada tegishli muammolari
aniqlash, o‘rganish va tadqiqot ishlarini olib borish, uning kelib chiqishi va ijtimoiy oqibatlarini
atroflicha tahlil etish dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. Gap shundaki, ijtimoiy hayotning
har qanday hodisasining o‘z ichki muammolari mavjud bo‘lgani kabi, ma’naviy soha takomilida
ham hal etilishi lozim bo‘lgan tegishli masalalar ko‘pdir.
Ana shu muammoviy vaziyatlarni aniqlash, ularni bartaraf etish omillari, mezonlari va
texnologiyalarini ishlab chiqish muhim vazifadir. Yuqorida qayd etilgan konsepsiyada yoshlar
ma’naviy turmush tarzidagi muammolarni bartaraf etish lozimligi haqida ta’kidlanadi: “Vatanga
sadoqat, burch va mas’uliyat, tashabbuskorlik va boshqa fazilatlar yoshlar ongida nazariy
tushunchalar sifatida qolib ketgani holda uning tabiatida amaliy odatlarga aylanmayapti. Buning
oqibatida ularning ushbu fazilatlar haqidagi so‘zlari bilan amallari orasida tafovut namoyon
bo‘lmoqda, bu esa har yili mustaqil hayotga kirib kelayotgan yigit-qizlarning hayotda o‘z
o‘rinlarini topishlarida bir qator muammolarni yuzaga keltirmoqda”54.
Ma’naviyat targ‘iboti texnologiyalarini amaliy faoliyatda qo‘llash mazkur jarayonni tizimli
ravishda amalga oshirishga ko‘maklashadi, uning ijtimoiy hayotdagi samaradorligini ta’minlaydi.
“Texnologiya” - yunoncha so‘z bo‘lib “techne” “mahorat”, “san’at” va “logos” “tushuncha”
demakdir. Demak, ma’naviyat targ‘ibotida texnologiyalar ham uni yuritishda mahorat va
san’atkorona harakat qilishni bildiradi. Ma’rifat texnologiyasi zamirida yoshlar bag‘rikengligini
yuksaltirish bilshan bog‘liq ma’naviy targ‘ibot jarayonlarni amalga oshirishda samarali usullari va
vositalari yig‘indisi, shuningdek, mazkur jarayon ta’sirida ob’ektda sodir bo‘ladigan sifat
o‘zgarishlar tushuniladi.
Jamiyatda ma’naviy xavfsizlikni ta’minlash, yoshlar bag‘rikenglik tuyg‘usini kamol
toptirish va yuksaltirish borasidagi chora-tadbirlarni ta’minlashda ma’naviy-ma’rifiy sohasida
targ‘ibot ishlari quyidagi texnologik jarayonga bo‘ysindirilishi lozim:
a) ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot jarayonlarni tartibga solish;
b) ma’naviyat-ma’rifat sohasidagi targ‘ibot ishlarni bir tizimga keltirish;
v) jamiyat va inson ma’naviy qiyofasi, ma’rifiy salohiyati, yoshlar bag‘rikengligi tamoyilini
shakllantirish jarayonida mavjud muammolarni o‘rganish va tahlil etish;
v) ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarni oldindan loyihalashtish, mazkur jarayonini
bosqichma-bosqich amalga oshirish.
Jamiyat ma’naviy xavfsizligini ta’minlashda yoshlar bag‘rikenglik fenomenini yuksaltirish
ishida targ‘ibot texnologiyalari birmuncha murakkab uslublarni o‘z ichiga oladi. Ma’naviy
targ‘ibot texnogiyalari – targ‘ibot maqsadiga erishishning umumiy mazmuni, ya’ni avvaldan
loyihalashtirilgan targ‘ibot jarayonining yaxlit tizim asosida, ketma-ket amalga oshirish, aniq
targ‘ibot maqsadiga erishish yo‘lida muayyan usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, hamda
tadg‘ibot jarayonini yuqori darajada tashkil etishni ifodalaydi. Targ‘ibot texnologiyasi muayyan
53
Karimov I. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. T.8. -Toshkent:
O‘zbekiston, 2000. –B. 29-30.
54
Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
qarori.
31
dekabr,.2019
yil.
№1059.
https://lex.uz/docs/4676839?ONDATE2=19.06.2020&action=compare.
|
| |