|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 225
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida (ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni
yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha) besh muhim tashabbus(2019)ni ilgari surishlari,
mazkur tashabbusning mamlakatimiz aholisining qariyb 60 foizini tashkil etuvchi yoshlar orasida
qanot bog‘lashi ham yosh avlod kelajagiga qo‘yilgan mustahkam poydevor bo‘ldi, desak
mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, respublikamizda ta’lim, jumladan, oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish
sifatini tubdan takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar tub
mohiyatida ham talaba-yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy barkamolligiga erishish mo‘ljali turadi.
Ta’bir joiz bo‘lsa, aytish zarurki, bugungacha yoshlar siyosati borasida qabul qilingan
huquqiy-me’yoriy hujjatlar hamda ular asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar
yoshlarning kelajagini belgilovchi konsepsiya bo‘ldi.Bugun oliy ta’lim dargohining rahbari, unib-
o‘sib kelayotgan yosh avlodimizga fan, ilm sirlarini yetkazish yo‘lida fidoyilik ko‘rsatib mehnat
qilayotgan professor-o‘qituvchilarning katta jamoasi vakili sifatida hukumatimiz tomonidan
talaba-yoshlarga yaratilayotgan zamonaviy sharoit va imkoniyatlarga havas ko‘zi bilan qarayman.
Chunki Prezidentimiz o‘rinli ta’kidlaganlaridek: «Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ilm-fan va
ta’lim-tarbiya sohasini davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylantirishga qaratilgan, oilada
farzand tug‘ilganidan boshlab, kamolot yoshiga yetgunga qadar uni har tomonlama qo‘llab-
quvvatlaydigan, hayotda munosib o‘rin topishiga xizmat qiladigan yaxlit va uzluksiz tizim
yaratilmoqda».
2021-yil 9-sentyabrda Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim muassasalarida
talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-son
qarorining qabul qilinishi ham talaba-yoshlarimizga yaratilayotgan sharoitlarni yanada
takomillashtirishga qaratildi. Qarorda – talabalarni arzon, ammo barcha qulayliklarga ega turar-
joy bilan ta’minlash;talabalarga tarkibi va xavfsizlik sifati kafolatlangan – sifatli oziq-ovqat
mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib berish; bakalavriatning 1-3-kurslari doirasida har 120-150
nafar talabaga 1 ta shtat birligi hisobida «tyutor» lavozimini tayinlash kabi – oliy ta’limda uzoq
vaqtdan beri loyihalashtirib kelingan qator tizimli qulaylik va imkoniyatlar belgilandi. «Tyutor»
yangi atamasi nutqimizga ingliz tilidan o‘zlashgan bo‘lib, u ustoz va murabbiy vazifasini
bajaruvchi shaxs ma’nosini ifodalaydi. Tyutor lavozimi 2021-yil 1-sentyabrdan boshlab talabalar
bilan ishlash bo‘yicha “guruh murabbiyi” instituti bekor qilingach, uning o‘rniga talaba-yoshlar
bilan ishlovchilar – tyutorlar sifatida tashkil etildi.Mazkur lavozim egasi, tom ma’noda, talabani
o‘qitish tizimi bilan uzviy bog‘lanishini ta’minlovchi; talabada o‘quv jarayoni davomida o‘z
salohiyatini namoyon qilish, o‘zini, o‘zligini, intilishu dunyoqarashini teran anglash, o‘z
faoliyatini ongli ravishda nazorat qilish, xatti-harakatlarini tizimli boshqarish borasida to‘g‘ri
qarorlar qabul qila olish malaka va ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi shaxs sanaladi. U talabaga har
bir faoliyat va harakatlarining oqibatlarini ongli ravishda anglashga, hayotda o‘z orzulari ro‘yobini
ta’minlash yo‘llarini topishga ko‘maklashadi.
Tyutorning faoliyati samarasi talabaning o‘qib o‘rganishga bo‘lgan ichki intilishi kuchayishi
va ta’limning samarali jarayonga aylanishi bilan o‘lchanadi. Tom ma’noda, oliy ta’lim tizimida
ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi «professor-o‘qituvchi – talaba – tyutor» hamkorligida
ta’minlanadi.Tabiiyki, tyutor lavozimini egallagan oliy ma’lumotli shaxs, ya’ni murabbiy, ustoz,
talaba ta’lim olayotgan soha mutaxassisi sifatida pedagogik, psixologik, etik, estetik jihatdan
barkamol, o‘zligini anglagan, dunyoqarashi keng, sog‘lom fikrli, intellektual salohiyatli bo‘lishi
lozim. Shuning uchun ham tyutorning oylik ish haqi o‘qituvchi-stajyorning bazaviy lavozim
maoshiga tenglashtirilgan.Oliy ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy va ahloqiy-tarbiya, o‘quv va
o‘quv-uslubiy hamda ilm-fan, innovasion va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida faoliyat olib borishi
mo‘ljallangan tyutorlar faoliyati dunyo ta’lim tizimi uchun yangilik emas. Manbalarga ko‘ra,
tyutorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish dastlab oila bolalariga uylarida xususiy ta’lim berish jarayonida
shakllangan va rivojlangan. Keyinchalik bu ommaviy ta’lim tizimiga ko‘chgan. Jumladan,
qadimgi Yunonistonda ham asosiy ta’lim jarayoniga yordamchi sifatida tyutorlar faoliyati yo‘lga
qo‘yilgan edi.
|
| |