224
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
TYUTORLIK FAOLIYATINING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI
Ergasheva Dilnoza
JDPU Ta’lim muassasalarining boshqaruvi magistranti
Nazarqosimov Sarvar Inatillayevich s.f.f.d.
dotsent
Avvalambor, “tyutor" (“tutor") tom ma’noda ustoz, murabbiy, instruktor – yo‘l ko‘rsatuvchi
ma’nolarida qo‘llaniladi. Tyutor birinchi navbatda, ma’lum bir sohaning mutaxassisi bo‘lib, uning
asosiy vazifasi talabaga muayyan bilim va ko‘nikmalar berishdan iborat.
Kengroq ma’noda esa, tyutor talabaga o‘quv jarayoni davomida o‘z salohiyatini namoyon
qilish, o‘zini yanada yaxshiroq anglash, o‘qish va hayotda to‘g‘ri qaror qabul qilish va tanlashni
o‘rgatadi. U talabaga har bir qadam va harakatlarining oqibatlarini anglash, hayotda o‘z
qiziqishlarini topishga yordam beradi.
Buning uchun tyutor o‘z tarbiyachilarining qiziqish va moyilliklarini,
muammo va
qiyinchiliklarini chuqur tahlil qiladi. U talabaning atrofidagi intellektual va psixologik muhitni
sinchkovlik bilan o‘rganadi. Bir so‘z bilan aytganda, tyutor talaba va ta’lim jarayoni o‘rtasidagi
bog‘lovchi kuch hisoblanadi. Uning yordamida o‘qish qiziqarli va samarali jarayonga aylanishi
lozim.
Tyutorlik usuli qadimgi Yunonistonda ham asosiy ta’lim jarayoniga yordam sifatida yo‘lga
qo‘yilgan edi. Hozirda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida tyutorlik uchun maxsus o‘qitiladi,
diplom beriladi. Masalan, Rossiyada pedagogika sohasiga ixtisoslashtirilgan oliygohlarda
bakalavr va magistratura bo‘yicha maxsus tyutorlik kurslari bor.
Tyutorlik markazlari va
assotsiatsiyalar faoliyat yuritadi. Bu ko‘hna usul zamonaviy dunyoda turli shakllarda (formal va
noformal, o‘quv xonasida yoki masofaviy tarzda) qo‘llaniladi. Tyutorlik, albatta, formal o‘quv
jarayonidan farq qiladi. U yengilroq, moslashuvchan shaklda amalga oshiriladi.
Tyutorlar – bu yuksak mas’uliyat egalari hisoblanadi. Zero, tyutor dunyoqarashi endi
shakllanayotgan talaba bilan muntazam tarzda ishlaydi. Bunday mutaxassisning asosiy vazifasi –
boshqa odamga o‘qishni samarali va qiziqarli jarayonga aylantirishga yordam berish.
Tyutor ham
butun guruh bilan, ham individual tarzda ishlashi kerak bo‘ladi.
Ilmning qaysi sohalariga urg‘u berish, kelajakda kasb tanlash, kerak bo‘lsa,
boshqa
mutaxassislikka mo‘ljal olish, o‘qish va kundalik hayot o‘rtasida muvozanatni o‘rnatish, vaqtini
menejment qilish masalalarida talabalarga ta’sir qilish ham tyutorning vazifasidir. Yaxshi tyutor –
bu talabaga yelkadosh murabbiy va mohir konsultantdir. U talabaning kuchli taraflarini, zaxiradagi
qobiliyatlarini yuzaga chiqarib, kamchiliklari ustida ishlashni o‘rgatadi.
Har bir inson jamiyatda o‘z o‘rnini topa olishi uchun, avvalo, shaxs sifatida takomillashuvi,
kamolga yetishi lozim. Zero, ma’naviy olami, madaniyatlilik darajasi psixologik jihatdan taraqqiy
etgan, individual xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalarga namuna bo‘la oluvchi, keng
dunyoqarashga ega bo‘lgan, el-yurt, Vatan manfaatlarini o‘zining shaxsiy foydasidan ustun qo‘ya
oladigan jamiyatning a’zosigina to‘laqonli shaxs bo‘la oladi. Ayniqsa, talaba-yoshlarimizning oliy
ta’limdagi tahsil davri jarayonida ularining shaxs sifatida kamol topishlari uchun alohida diqqat
qaratiladiki, bu mamlakatimizda hukumat tomonidan yoshlar masalasiga berilayotgan e’tiborning
bir ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi.
Mustaqilligimizning ilk kunlaridan boshlab yoshlar masalasi
davlat siyosati darajasiga
ko‘tarildi. Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari
to‘g‘risida”gi Qonun(1991)ning qabul qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-
yil 7-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni, 2021-yilning “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi
salomatligini mustahkamlash yili” deb nomlanishi ham fikrimizning yaqqol dalilidir.
Shuningdek, davlatimiz rahbarining yoshlarga e’tiborni kuchaytirish,
yosh avlodni
madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan
to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish,