|
United Clean Coders (ucc)
|
Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 16,89 Kb. | | #232887 |
Bog'liq 13 05 UCC-Hakaton malumot
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU da “United Clean Coders (UCC)” hakatonini o’tkazish tartibi
Umumiy talablar:
1. Xakaton O’zbekiston Respublikasi hududidagi barcha oliy ta’lim muassalarining talabalari o‘rtasida o‘tkaziladi.
2. Hakatonda ishtirokchilar jamoa bo’lib qatnashadi, bitta jamoada
3 nafar a’zo bo’lishi va loyihalar github platformasida yaratilishi talab etiladi.
Hakaton o‘tkazish sanasi: 2024-yil 21-23-may
Hakaton o‘tkazish davomiyligi: 54 soat
Hakaton yo‘nalishlari:
Ijtimoiy sohalarda (ta’lim, tibbiyot va h.k.) raqamli texnologiyalar yo’nalishi;
Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi;
Raqamli qishloq xo’jaligi yo’nalishi.
Ushbu yo’nalishlar doirasida jamoalar ML/AI texnologiyalar asosida ishlaydigan dastur, mobil ilovalar, desktop ilovalar yoki veb ilovalar ishlab chiqishi mumkin.
Hakatonda loyihalarni baholash mezonlari:
Umumiy mezonlar (60 ball):
G’oyaning orginalligi va innovatsionligi;
Soft skills, jamoa kompetensiyasi;
Taqdimotni namoyish qilisha olishi;
Loyihaning ortiqcha urunishlarsiz to’liq ishlashi.
Texnik mezonlar (40 ball):
“Clean code” tamoyillariga amal qilinishi (Masalan: meaningfull names, meaningfull exception messages, SOLID principles etc.);
“Unit test”lar mavjudligi;
Ma’lumotlar bazasining optimal qurilganligi;
Github “commit” tarixi ma’lumotlarining aniqligi va tushunarliligi;
Github action script qo’llanilishi (PR and MERGE for main/master)
Hakaton o’tkazish bosqichlari:
1-bosqich: Ishtirokchilar va jamolarni ro’yhatdan o’tkazish, 2024-yil 15-maydan 20-maygacha (online) (https://forms.gle/QgPLytPoGWY8zYrj6)
2-bosqich: Hakatonning dastlabki kuni, ishtirokchilar tekshiruv ro’yhatini shakllantirish, g’oyalar tanishuvi, 21-may, 2024 (offline)
3-bosqich: Loyihani MVP ko’rinishi, yakuniy taqdimot va baholash,
22- 23-may, 2024 yil (offline)
Taqdirlash uchun sovrinlar (har bir yo’nalish bo’yicha):
1-o’ringa : notebook
2-o’ringa : smart TV
3-o’ringa : Planshet
Alohida nominatsiyalar bo’yicha esdalik sovg’alar berish
Eng yaxshi g’oya;
Eng “toza kod” (clean code)
...
|
| |