|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 202
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Pedagog kreativlik potentsialiga ega bo‘lishi uchun kasbiy faoliyatida quyidagilarga
e‟tiborini qaratishi zarur:
- kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashish;
- yangi-yangi g‘oyalarni yaratishda faollik ko‘rsatish;
- ilg‘or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o‘rganish;
- hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida fikr almashish.
Har bir pedagogning o‘zini- o‘zi rivojlantirishi va o‘zini- o‘zi namoyon eta olishi bevosita
uning kreativlik qobiliyatiga egaligi bilan bog‘liq. Odatda pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga
ega bo‘lishlari pedagogic muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy
loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta’minlanadi. Pedagog
o‘z-o‘zidan ijodkor bo‘lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma‟lum vaqt ichida izchil o‘qib-
o‘rganish, o‘z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi.
Har qanday mutaxassisda bo‘lgani kabi bo‘lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega
bo‘lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo‘yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil
rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o‘zini-o‘zi ijodiy faoliyatga yo‘naltirishi va bu
faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil
etishda muammoli masalalarni echish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik
xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratishi zarur.Muammoli masala va
vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala echimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-
irodaviy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog o‘z oldiga muammoli masalalarni
qo‘yish orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bo‘lgan dalillar bilan to‘qnash keladi.
Buning natijasida o‘z ustida ishlash, mustaqil o‘qib o‘rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi.
Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi.Kreativlik
muayyan bosqichlarda izchil rivojlantirilib boriladi. Xo‘sh, shaxs faoliyatida kreativlik
xususiyatlari qachondan namoyon bo‘ladi? Odatda kreativlik bolalarning faoliyatida tez-tez
ko‘zga tashlansada, biroq, bu holat bolalarning kelgusida ijodiy yutuqlarni qo‘lga kiritishlarini
kafolatlamaydi. Faqatgina ular tomonidan u yoki bu ijodiy ko‘nikma, malakalarni o‘zlashtirishlari
zarur degan ehtimolni ifodalaydi. Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e‟tibor
qaratish zarur:
1) ular tomonidan ko‘p savollar berilishini rag‘batlantirish va bu odatni qo‘llab-quvvatlash;
2) bolalarning mustaqilligini rag‘batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish;
3) bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish;
4) bolalarning qiziqishlariga e‟tibor qaratish
Tadqiqotchi N.Fayzullaeva pedagogik tafakkurga ega bo‘lish uchun bo‘lajak pedagoglar
pedagogika oid bilimlarni puxta o‘rganish asosida quyidagi ko‘nikma, malakalarni o‘zlashtira
olishlari zarur deb hisoblaydi: pedagogikaning asosiy g‘oyalari, kontseptsiyalari, qonuniyatlarini
va pedagogik hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini bilish; pedagogikaning eng muhim nazariy
g‘oyalari, asosiy kategoriyalari va tushunchalarini bilish; asosiy pedagogic faktlarni bilish;
ta‟lim va tarbiyaning umumiy uslubi haqidagi amaliy bilimlarni egallash.
Psixologiyada E.P.Torrens tomonidan shaxs kreativligini aniqlovchi test ishlab chiqilgan.
E.P.Torrensning fikricha, shaxs kreativligi Ozida quyidagi belgilarni namoyon qiladi:
1) savollar, kamchiliklar va bir-biriga zid ma‟lumotlarga e‟tiborsiz bo‘lmaslik;
2) muammolarni aniqlash uchun harakat qilish, ilgari surilgan taxminlar asosida ularning
echimini topishga intilish.
|
| |