203
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
6. M.Xaydarov. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilaraing
mehnat tarbiyasida xalq
an'analaridan foydalanish. - T.,"Yozuvchi", 2015.
7. O.To‘raeva. Odobnoma. - T., "O‘qituvchi", 2019.
8. J.Yo‘ldoshev. Ta'limimiz istiqloli yo‘lida. - T., "Sharq",2016.
9. Z.Qo‘ziev. Sinf rahbari ishini tashkil etish va rejalashtirish. -T., 2017.
10. MJmomova. Oilada bolalarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasi -T., 2018.
11.J.Yo‘ldoshev. O‘quvchi rha'naviyajini shakllantirish. - T.,«Sharq», 2017.
12.R.Mavlonova, O.To‘raeva, K.Xoliqberdiev. Pedagogika. -T., "O‘qituvchi", 2019.
13. www.gov.uz
14. www.press-uz.info
AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASH ORQALI TA'LIM
JARAYONLARINI BOSHQARISHNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI
Shaxobiddinov Shohrux Valijon o‘g‘li
Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat
pedagogika universiteti
Ta`lim muassasalarni boshqarish yo‘nalishi
magistranti
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining
zamonaviy jahon darajasi
shundayki, respublikada jahon axborot makonining infratuzilmalari va milliy
axborot-hisoblash
tarmog‘i integratsiyasiga mos keluvchi milliy tizimni yaratish milliy iqtisodiyot, boshqarish, fan
va ta’lim samaradorligining muhim omili bo‘lmoqda. Bu muammolar ancha murakkab va ayni
paytda respublikamiz uchun dolzarbdir. Hozirda olib borilayotgan iqtisodiy, tuzilmaviy va boshqa
o‘zgarishlarni amalga oshirish natijalari respublikada axborotlashtirish bilan bog‘liq
muammolarning qanday va qaysi muddatlarda hal etishga ham bog‘liqdir. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni36,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida
ta`lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya
bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g`risida”gi PQ-4851-sonli Qarori37 hamda bir qancha
hukumat qarorlarining maqsad va talablaridan kelib chiqqan holda hozirgi kunda uzluksiz ta’lim
tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirishga, zamon
talablari bilan uyg‘unlashtirilgan, jahon andozalari darajasiga mos “milliy modelni”
hayotga
tadbiq qilishga, ma’naviyatimizni yanada yuksaltirishga qaratilgan. Shuningdek, ta’lim tizimi, fan
va ishlab chiqarish o‘rtasida puxta o‘zaro hamkorlik va foydali aloqalarni
rivojlantirish orqali
kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklarni yo‘qotishga alohida e’tibor
berilmoqda.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ta`lim tizimini tubdan isloh qilish va ta`lim
sifatini
baholash hamda raqamli ta`limni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Bu
borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 29- apreldagi “O‘zbekiston respublikasi
Xalq ta`limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g`risida”gi PF-
5712-sonli Farmonida “PISA” (The Programme for International Student Assessment)
o‘quvchilarni baholash xalqaro dasturi reytingida O‘zbekistonning 2021 yilda birinchi 70 talikka,
2025 yilda 60 talikka va 2030 yilga kelib esa38, birinchi 30 ta ilg`or mamlakatlar qatoriga kiritish
ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq
36
www.lex.uz
37
www.norma.uz
38
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538- sonli “Xalq ta`limini
boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g`risida”gi farmoni.