|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 201
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
4. Eng yaxshi o‘qituvchilarning tajribalarni keng ommalashtirish.
Yangi, hozirgi zamon standartlarini amalga tadbiq etish o‘qituvchidan nafaqat yuqori
malakani va doimiy kasbiy rivojlanishni, balki o‘z ishiga ijodiy yondashishni talab qiladi.
O‘qituvchining kreativligi o‘z tajribasini qayta ko‘rib chiqishi va yaxshilash hammaga ma‟lum
narsalarni o‘zgartira olishi va ijodiy foydalana bilish, sifat jihatdan yangiliklarni yaratish juda katta
ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.
Kreativlik tushunchasi (lot., ing. “create” – yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor) ingliz
tilidan tarjima qilganda ijod ma‟nosini anglatadi. Haqiqattan esa yangi, original (Oziga xos)
yanada sayqallangan moddiy va ma‟naviy bog‘liqliklarni yaratishdir. Kreativlikni: ijodga intilish,
hayotga ijodiy yondashish, O‘ziga doimiy tanqidiy nazar solish va tahlil etish deyish mumkin.
Hozirgi zamon psixologiya va pedagogika lug‘atlariga asoslanib O‘qituvchining kreativligi deb
uning fikrlaridagi sezgilaridagi, muloqotdagi, alohida faoliyat turidagi, ijodiy yondashish, bilish
darajasi deb ta‟riflash mumkin.
O‘qituvchining
kreativligi,
bu
uning
qat‟iy,
chegaralangan
yoki
sust
chegaralangan sharoitlarda har xil original g‘oyalarni izlab toppish laoyiqatidir.
Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish quyidagi O‘zaro bir-biriga bog‘liq kreativlik tarkibiy
komponentlarini ajratsh imkoni beradi:
1. Intellektual (aqliy);
2. Ahloqiy (o‘z-o‘zini boshqarish);
3. Motevatsion (maqsadiy);
4. Emotsianal (his hayajonli).
Kretiv layoqat quyudagi o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan qismlardan iborat bo‘ladi:
1. Kreativlik maqsad;
2. Ijodiy intilish;
3. Kreativ (ustanovka) qurish,
4. Kreativ yo‘nalish;
5. Kreativ ifodali akt;
6. Kreativ o‘z-o‘zini boshqarish;
7. Kreativ faollik;
8. Kreativ intilishlar darajasi.
O‘qituvchining kreativligi uning ijodiy faoliyatida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. K.Rodgers
“Ijod-o‘z o‘zini kuchaytirish demakdir” degan asarida ijodiy shaxs uchun eng asosiy savollardan
birini beradi: “Meni meni hayot tarzim qoniqtiradimi yoki to‘g‘ri talqin etadimi. O‘qituvchining
ushbu savolga javobi uning kasbiy va ijodiy cho‘qqilarga intilishi yuqori ijodoy malakali va o‘zini
ijodiy tomondan to‘la namoish etishga intilishi kreativ shaxs bo‘lishi”. Shunday qilib kreativlik
o‘qituvchining ijodiy faoliyatida ijodiy intilishi, ijodiy qobiliyati, kreativ maqsadi, yo‘nalishi va
o‘zini boshqara olishida ko‘rinadi va uni o‘zini faolligi, o‘zini-o‘zi boshqara olishi bilan yetuk
rivojlanayotgan, o‘sayotgan shaxsga aylanayotganini bildiradi. Pedagogning kreativlik
potentsiali uning umumiy xususiyati sifatida aks etadi. U ijodiy faoliyatning dastlabki sharti va
natijasi sanaladi. Mazkur sifat shaxsning o‘z-o‘zini namoyon qilish layoqatiga egalikni va
tayyorlikni ifodalaydi. Qolaversa, kreativ potentsial negizida har bir mutaxassisning shaxsiy
qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvati yaxlit holda namoyon bo‘ladi.Kreativ potentsial bilish
jarayoniga yo‘naltirilgan ijodkorlik bilan chambarchas bog‘liq. Pedagogning kreativ potentsiali
an’anaviy tafakkur yuritishdan farqli ravishda quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- tafakkurning tezkorligi va egiluvchanligi;
- yangi g‘oyalarni yaratish qobiliyati;
- bir qolipda fikrlamaslik;
- o‘ziga xoslik;
- tashabbuskorlik;
- noaniqlikka toqat qilish;
|
| |