|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 199
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
universitet rahbarlari o‘rtasida vositachi bo‘lib, o‘zaro aloqani ta’minlaydi. Ular odatda professor-
o‘qituvchilar tarkibidan tayinlanadi.
Kafedra mudiri: Aksariyat o‘quv yurtlarida ilmiy-tashkiliy tuzilmaning asosiy bo‘limi
kafedra hisoblanadi.(ko‘pincha fan, soxa yoki fanlar gruhiga bo‘linadi) va kafedra mudiri
tomonidan boshqariladi. Kafedra dekan va kafedra professor-o‘qituvchilari o‘rtasiada aloqa
o‘rnatadi.
Yuqorida AQSH Oliy ta’lim tizimi kengash faoliyati bilan biroz tanishib chiqdik. Bizga
ma’lum bo‘ldiki, AQSH ta’lim muassasalarining nom berish to‘g‘risidagi kengashlari global
me’yorlarga mos emas. Ta’lim muassasalari o‘zini-o‘zi mustaqil idora qilish bo‘yicha ko‘pgina
huquqlarga ega vamuassasalarning turi ko‘p. Eng alablanarli jihati shundaki, talabalar kontingenti
sezilarli darajada farq qiladi va dunyodagi aksariyat tizimlardan farqli o‘laroq, bir qancha xususiy,
nodavlat ta’lim muassasalar eng nufuzli hisoblanadi. Hech bir milliy qonunchilik va bakalaviriant
yoki na magistraturada darajalar toifalarini tartibga solmaydi. Ammo shtat odatda o‘z
chegaralarida joylashga davlat muassasalari bera oladigan darajani tartibda soladi. Xar bir
muassasa, odatda shtatlar yoki ixtisoslashgan akkreditasiya agentliklari tomonidan o‘rnatilga keng
miqyosli ko‘rsatmalarga amal qilgan holda, o‘z dastur talablarini belgilash erkinligiga ega.
Dunyo reytingiga nazar tashlasak AQSH universitetlari nufuzli o‘rinlarni egallaydi.
Ularning boshqaruv kengashi tajribasini chuqurroq tahlil qilish lozim. Yurtimiz oliy ta’lim
muassasalarining boshqaruv kengashi faoliyat AQSH kengashi faoliyati bilan o‘xshashligini
ko‘rishimiz mumkin. Yurtimizda ham oliy talim tizimini rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab islohatlar
olib borilmoqda. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi
oliy ta’lim tizimini 2030-yilgach rivojlantirish konsepsiyasi” tasdiqlandi. 2019-yil 26-dekabrda
1037-son O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Respublika oliy ta’lim kengashini
tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilind. Qarorlar , konsepsiyalar ijrosini
teranroq anglab, uning ijrosini ta’minlashda har birimiz o‘z hissamizni qo‘shsak, albatta oliy ta’lim
muassasalarimizning nufuzi yanada ortadi. Eng nufuzli uviversitetlar qatoridan munosib o‘rin
egallaydi.
|
| |