|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 197
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
harakatlarining kutilmagan natijalari uchun javob bera olish, mas’uliyatlilik va bag‘rikenglik,
individning siyosiy samaradorligi, umumiy muvaffaqiyat va oxir-oqibat eng muhimi jamiyatning
ma’naviy yuksalishi uchun o‘ta muhim hisoblanadi.
“Journal of American Indian Education” jurnali tarbiyaviy faoliyat strategiyasi xaqida so‘z
yuritib, “yaxshi inson”ni shakllantirish birinchi navbatda axborot, ma’rifat, ongning rivojlanishi,
qarama-qarshiliklarni yengib o‘tish, tanqid, ijodiy faollik, siyosiy, madaniy va iqtisodiy sohalarda
mustaqil qaror qabul qila olish kabi ko‘nikmalarni integral shakllantirish orqali kechishi
lozimligini ta’kidlaydi[3].
Oliy pedagogika ta’lim muassasasi talabalari tarbiyaviy ishini tashkillashtirishda o‘quv
loyihasi metodiga alohida ahamiyat berish mumkin. Bunda, dastlab birinchi kurs talabalarida
jamoada ishlash, nostandart vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlari rivojlantiriladi. 2-
3 kurs talabalari ijtimoiy loyihalash texnologiyasini o‘rganishga kirishadilar. Mazkur metodni
qo‘llashning yakuniy natijasi ijtimoiy loyihani yaratish bo‘lib, bu ishtirokchilar uchun muhim
amaliy ahamiyat kasb etadi. Masalan, 2-kurs talabalari guruh murabbiylari bilan birgalikda ustoz-
shogird tizimida quyidagi loyihalarni yaratishlari mumkin: “Active house” bolalar ijodiy
studiyasi”, “Bolalarga tabassum sovg‘a qil!” bolalar klubi”, “Universitet (institut)ning rekreatsion
hududlarida ilmiy-texnik kutubxona reklamasi” va boshqalar. 3-kursda talabalar “Tarbiya”
laboratoriyasi faoliyatida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa, ularga ijtimoiy faoliyat
bilan shug‘ullanish, murabbiy bilan ishlash jarayonida egallangan bilim, ko‘nikma va amaliy
faoliyat tajribasini namoyon etish imkoniyatini taqdim etadi. “Tarbiya” laboratoriyasi ishtirokchisi
hisoblangan talabalar oliy ta’lim muassasalari uchun ommabop hisoblangan “Talabalar
qo‘g‘irchoq teatri”, “Futbol turniri” kabi loyihalarning tashkilotchilariga aylanishadi.[3]
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, oliy pedagogika ta’lim muassasalarida tashkil
etiladigan tarbiyaviy faoliyatning har bir turi talabalarda bilishga doir, ijodiy, ijtimoiy va shaxsiy
tajribani tarkib toptirishga xizmat qiladi.
|
| |