|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 189
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
―inson kapitali, deb atalmoqda. Inson kapitali bu – odamlarning bilim, ko‘nikma va
malakalaridir. Odamlar uning yordamida shaxsiy boylik va milliy boylikni yaratadilar.
Biz asrlar davomida farzand haqida gapirganda - yaxshi o‘qisa, kattakichikni hurmat qilsa,
ishdan qochmasa, imon-insofli bo‘lsa, bu yaxshi inson bo‘ladi. Olim bo‘ladi yoki yaxshi, obro‘-
e’tiborli odam bo‘ladi, degan gaplarni eshitib yashab kelganmiz. XXI asrda mana shu sifatlar bitta
ibora - inson kapitali deb atalmoqda[5: 18]. Inson kapitali xodimning mehnat faoliyati va
daromadlariga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omildir[7: 38].
Biz yuqorda yozganimiz Monomarkazlar faoliyatidan asosiy maqsad yoshlarimizning bilim,
ko‘nikma va malakalarini oshirishdan iborat. Bu ishlarning amalga oshirilish mehanizmi sodda
qilib aytadigan bo‘lsak quyidagicha;
- Har bir mahalla fuqarolar yig‘inida ishchi guruh tashkil etiladi;
- Ishchi guruh tomonidan mahalladagi kam ta’minlangan oila a’zolari temir daftarga, yoshlar
daftariga va ayollar daftariga kiritilishiga tavsiya etiladi;
- Mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan tavsiya etilganlar ro‘yhati monomarkazlarga
yuboriladi;
- Monomarkazlar har bir tinlovchi o‘zi faoliyat yuritishni xohlagan yo‘nalishi bo‘yicha
o‘qitiladi, ko‘nikmalar beriladi.
Bu jarayonni O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlanishining yaqqol namunasi deyishimiz mumkin. “Ishlayman, tadbirkorlik bilan
shug‘ullanaman” deb, mablag‘ topolmasdan turgan yoshlarimizga bir turtki, yordam tariqasida
amlaga oshirilmoqda bu ishlar. Darvoqe bu tizimning yana bir alohida eng muhim tomoni ham
bor. Monomarkazlardagi ta’lim jarayonini muvafaqiyatli tomomlagan tinglovchilarga markaz
tomonidan ta’lim olgan yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat yuritishi mumkinligi to‘g‘risida maxsus
sertifikat beriladi. Shu sertifikat banklarga taqdim etiladi. Banklar esa sertifikat egalariga kredit
ajratishadi. Bu imtiyozli kreditlardir. Bu kreditlarni olish uchun sertifikatning o‘zi yetarli
hisoblanadi. Hech qanday kafil, boshlang‘ich to‘lov yoki daromati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma
talab etilmaydi.
Bu yerda inson kapitaliga alohida e’tibor qaratilganligini ko‘rishimiz mumkin. Ya’ni bu
kredit mablag‘lari mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan yoshlar daftariga yoki ayollar daftariga
ro‘yhatga kiritilganlarga o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun shunchaki berib
yuborilmayapdi. Balki ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini hosil qilish uchun mahsus
monomarkazlarda tinglovchi sifatida o‘qitilyayapdi. Ularda o‘zlari shug‘ullanishni istagan
tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirishmoqda. So‘ngra
sertifikat berilmoqda va uni bankka taqdim etishgach maqsadli kredit ajratilmoqda.
Biz yuqorida inson kapitali tushunchasiga qisqagina ta’rif berib o‘tgan edik. Inson kapitali
bu – har bir insonda mavjud bo‘lgan bilim, malaka va motivatsiyalar zahirasidir[8]. Odamlar uning
yordamida shaxsiy boylik va milliy boylikni yaratadilar. Mana yaqqol dalil, muxtaram
Prezidentimiz mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish masalasini hal qilish choralarini
ko‘rmoqdalar. Buning bir misoli sifatida yuqoridagi tizmini ishlab chiqdilar va hayotga tadbiq
etdilar. Inson kapitalaini rivojlantirish masalasigi bu jarayonda eng ustvor masala sifatida
qaramoqdalar.
Shu bilan birga barcha o‘zining qiziqqan yo‘nalishlari bo‘yicha taxsil olaganlarda ijobiy
inson kapitali mavjud deb aytishimiz to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Hulosa qilib aytganda, inson kapitalini o‘zining ishlab chiqarish omili sifatidagi
samaradorligi bo‘yicha salbiy (vayronkor) va ijobiy (bunyodkor) turlarga bo‘linadi. Ular orasida
oraliq holatdagi inson kapitali ham bo‘ladi. Salbiy inson kapitali bu – milliy inson kapitalining bir
qismi. U o‘ziga sarflangan investitsiyalardan o‘z jamiyati, mamlakati iqtisodiyotiga biror foyda
keltirmaydi. Aksincha, jamiyat, shaxs iqtisodiy va boshqa sohalariga zarar keltiradi. Ta’lim va
tarbiyaga kiritiladigan hamma investitsiyalar ham foyda beravermaydi, inson kapitalini
oshiravermaydi. Salbiy inson kapitali ma’naviyat va madaniyati tuban, ishbilarmonlik,
tadbirkorlik qo‘llab-quvvatlanmaydigan sharoitda shakllanadi. Shuningdek, fuqarolik jamiyati
|
| |