187
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
O‘ZBEKISTONDA INSON KAPITALINING HOLATI VA UNI RIVOJLANTIRISH
ISTIQBOLLARI
Uralov Baxriddin Uralovich,
JDPU Maktab menejmenti kafedrasi o‘qituvchisi
Har bir mamlakatning kelajakdagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti shu jamiyatda yoshlarning
ta’lim-tarbiyasi bilan bir qatorda ularning intellektual rivojlantirishga beriladigan e’tibor
darajasiga bevosita bog‘liqdir.
Jumladan, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev BMT Bosh
Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida bu hususda to‘xtalar ekan “Sayyoramizning
ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq.
Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar
yaratishdan iborat” [4], - deb ta’kidlaydilar. Shu ma’noda, O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat
siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
O‘tgan tarixan qisqa davrdagi islohatlar jarayonida mamlakatimizda yoshlarning huquq va
manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida
mustahkam huquqiy baza yaratilgan va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda izchillik
bilan takomillashtirilib borilmoqda. Xususan, bugungacha parlamentimiz
tomonidan yoshlarga
oid 40 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, 30 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlar
ratifikatsiya qilingan.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, 07.06.2022 yildagi 310-sonli
“2022-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish
dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Mazkur qaror, «Yoshlarga oid davlat
siyosati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining «Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy
faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2021 yil 13 iyuldagi PF-
6260-son Farmoni [3: 148] ijrosini ta’minlash hamda yoshlar bilan «mahallabay» ishlash, ular
o‘rtasida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada
oshirish maqsadida qabul qilingan.
Qarorda malakatimiz yoshlari bandligini ta’minlashda mahallabay
ishlashni nazarda
tutilgani ko‘rinib turibdi. Bu degani har bir mahalladagi ishlashni xohlagan yoshlarni ish bilan
ta’minlash masalasi ko‘tarilgan. Mamlakatdagi ishlayotgan, ishlamayotgan,
ishlashni
xohlaydigan, ish bilan band bo‘lgan mehnat qilishga yaroqli aholi qatlami mehnat resurslari deb
ataladi.
Mehnat resurslari balansini tuzish va ishga joylashtirishga muhtoj shaxslarni aniqlash
metodikasining ikkinchi bandida quyidagilar keltirib o‘titilgan:
Mehnat resurslari deganda - mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholi hamda qonun hujjatlarda
belgilangan iqtisodiy faollikning quyi va yuqori yosh chegaralariga kirmaydigan ishlayotgan
shaxslar tushiniladi.
Mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholi ishlamayotgan I va II guruh nogironlari
va yoshiga
ko‘ra imtiyozli shartlarda pensiya oluvchi shaxslardan tashqari mehnatga qobiliyatli yoshdagi
shaxslar (16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar va 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan
xotin-
qizlar)[9].
Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak O‘zbekistondagi mehnat resurslarini bizga tushunarli
bo‘lishi uchun, mehnat resurslari tarkibi va mehnat resurslari arimyasiga bo‘lib aytganimiz
maqulroq. Bunda O‘zbekistondagi mehnat resurslari deyilganda mamalakatimizdagi mehnat qilish
yoshidagi 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar va 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan xotin-
qizlar tushuniladi. Mehnat resurslari arimyasi deyilganda mamalakatimizdagi barcha mehnat
qilish layoqatiga ega bo‘lgan oldamlar tushuniladi.