181
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
7. Хуторской А.В. Дидактическая эвристика. Теория и
технология креативного
обучения. — М.: Изд-во МГУ, 2003. 416 с.
8. Шадриков В.Д. Психология деятельности и способности человека: Учеб. пособие.
– М., 1996. с. 12
9. Юркевич B.C. Одаренный ребенок: иллюзии и реальность: Кн. для учителей и
родителей. – М., 1996. c. 73-79.
SHAXS VA UNING IJTIMOIYLASHUVIDA TURLI OMILLARLARNING O‘RNI
B.O‘.Pardaev
TDPU Boshlang‘ich ta’limda ona tili va uni o‘qitish metodikasi
kafedrasi dotsenti,
I. Axtamova
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi.
Shaxs rivojlanishi jarayonining mazmuni insonning biologik mavjudotdan ijtimoiy
mavjudotga aylanishini anglatadi. Inson ijtimoiylashuv asosida o‘ziga xos turli tajribalarni
o‘zlashtiradi. Shu bois, har bir avlodning ijtimoiylashuvi noyob va betakrordir. Mazkur maqolada
ijtimoylashtirish
agentlari, institutlari hamda ijtimoiylashuv bosqich va omillari xususida so‘z
boradi.
I. A.Sheglovning ta’kidlashicha, ijtimoiylashtirish nazariyasida “bosqich”, “agent”,
“institut”, “omil” kategoriyalari batafsil tahlil qilinmagan, chunki olimning e’tiroficha, ular ilmiy
muhokama predmeti sifatida qaralmaydi. Ijtimoiylashuv "agenti" va "instituti" tushunchalari esa
ko‘pincha o‘zaro bir-biriga o‘xshatiladi [8. 188-189].29 Aslida, "agent" va "institut" tushunchalari
o‘zaro farqlanadi, shuningdek, sanab o‘tilgan kategoriyalar shaxs ijtimoiylashuvi nuqtai nazaridan
to‘laligicha muhokama predmeti bo‘la oladi, shuningdek "agent" va "institut" tushunchalarini
o‘zaro farqlash maqsadga muvofiq.
Ijtimoiylashuv bevosita joylardagi ijtimoiylashtirish agentlarining intellektual darajasi va
munosabati bilan belgilanadi, jarayonning o‘z vaqtida ilmiy asosda tashkil qilinishi avvalambor
shaxsning o‘zi, qolaversa butun jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi. Ijtimoiiylashuv agentlari –
bu alohida olingan har bir insonni ijtimoiy rollarga o‘rgatishga mas’ul bo‘lgan insonlar toifasi.
Odatda ular birlamchi va ikkilamchi agentlar sifatida ikki toifaga ajratiladi. Birinchisi – bu
bolaning yaqinlari. Birlamchi agentlar muloqot uslubi va psixologik ta’sir doirasiga ko‘ra yaqin
bo‘lib, ular bolada o‘z xarakteri hamda individual turmush tarzini
shakllantirishga bevosita
yordam beradi. Ular sirasiga quyidagi shaxslar mansub bo‘lishadi: ota-onalari, qarindoshlari
(qaerda istiqomat qilishidan qatiy nazar), do‘stlari (o‘zi va ota-onalarining),qo‘shnilari,
tengdoshlari (sinfdosh, guruhdoshlari), o‘qituvchilari (tarbiyachilari,
murabbiylari, to‘garak
rahbarlari), shifokorlar va boshqalar.
V. P. Efroimson o‘z tadqiqotlarida diqqatini bola ijtimoiylashuvi subektlari,
ijtimoiylashtirish agent(ota-ona)lari maqomiga qaratadi. Agar asosiy agentlar ijodkor shaxslar
bo‘lsa, bolalar ko‘proq
mustaqillik, ikkilanish va tavakalchilikka moyil bo‘lishlari, shuningdek
asosiy agentlar intellektual kasb egalari bo‘lishsa, bu kabi oila farzandlarining aksariyati
umume’tirof etiladigan axloqiy standartlarga amal qiladiga shaxslar bo‘lib yetishadi.[7.175-b.]30
Birlamchi ijtimoiylashuv agentlari bola bilan yaqindan bog‘liklari bois masofadan turib ham
ta’sir qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ota xizmat safarida bo‘lishiga qaramasdan o‘g‘lining
29
Щеглов И.А. Социализация личности как теоретическая проблема [Электронный ресурс] //
Теория и
практика общественного развития. 2014. № 1.
30
Эфроимсон В.П., “Гнетика гениалности”.© ООО «Издательство АСТ», Москва, 2019. - 175 с.