|
Mavzu: Guruh murabbiylari faoliyatini tashkil etishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning samarali yo‘llari
|
bet | 1/19 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 150,94 Kb. | | #248079 |
Bog'liq Xodjayeva G
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
KURS ISHI
Mavzu: Guruh murabbiylari faoliyatini tashkil etishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning samarali yo‘llari.
“Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi
405-guruh (sirtqi)
Bajardi: Xodjayeva G
Tekshirdi: Adilova M
TOSHKENT-2024
REJA: KIRISH
ASOSIY QISM
Guruh murabbiylari faoliyatini tashkil etishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanish
O‘qitishning faol pedagogik texnologiyalari.
Didaktik o‘yinli texnologiyalar. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
“Yuqori sinflarda bolalar shaxs boʻlib, jamoa boʻlib shakllanadi. Ayni oʻsha paytda ularni oʻzlari oʻrgangan muhitdan ajratib qoʻymaslik kerak. Bu yoshlarning ruhiyatiga, davomatiga, oxir-oqibatda taʼlim-tarbiyasiga salbiy taʼsir qilishi mumkin. Shu bois taʼlim jarayonining usluksizligini taʼminlash, oʻquv dasturlarini takomillashtirish zarur.
Shavkat Mirziyoyev
Kurs ishining dolzarbligi: O‘quv jarayonida o‘zaro hamkorlikka asoslangan d o‘stona muhitni vujudga keltirish shaxsga y o‘naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etish nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. Kasb-hunar ta’limidagi o‘quv-biluv jarayoni o‘quvchining huquqlari va erkinliklarini himoya qilish asosida tashkil qilinishi lozim. O‘qituvchi bilan o‘quvchi orasida o‘zaro hamkorlik muhiti yaratilayotganda barcha o‘quvchilarning imkoniyatlari va ehtiyojlari hisobga olinishi juda muhimdir. Bu jarayonda o‘zaro tenglik muhiti hukmron bo‘ladi, o‘quv jarayonida o‘quvchilarning aksariyat muammolarini echishga ko‘maklashadigan ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etiladi. Ta’lim-tarbiya maktab, ota-onalar, mahalla va o‘quvchilar jamoasi hamkorligida, demokratiya va tolerantlik tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Bu jarayonda o‘quvchilar oddiy ta’lim oluvchilar emas, ta’lim-tarbiya jarayonining teng huquqli, hamkorlik asosida jipslashgan ishtirokchilari bo‘lishlariga erishiladi.
Bu borada, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-fevraldagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonnning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli PF-60-son Farmoni, 2020-yil 29-oktabrdagi “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6097-son,[1,2,6,9] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4623-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmoni hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda kichik maktab yoshidan boshlab o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish imkoniyatlarini yaratish vazifalari belgilab berilgan.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘qituvchi o‘quv-biluv jarayonini tashkil etar ekan, har bir o‘quvchining betakror ekanligi, uning ta’lim-tarbiyasi oilaviy muhitga, sinfdagi mavqeiga, o‘stozlarining munosabatiga, ruhiy kechinmalari va kayfiyatiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lishini unutmasligi lozim. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasidagi har bir pedagog o‘quvchining qalbidan chuqur joy ola bilishi, ularning hurmat-ehtiromiga sazovor b o‘la olishga erishishi, o‘quvchining eng yaqin kishilaridan biriga aylanishi, quvonchi va tashvishiga sherik bo‘lishi, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata olishi zarurki, shundagina ta’lim-tarbiya oldiga qo‘yilgan maqsadga erishiladi.
O‘quvchilar orasidagi o‘zaro hamkorlik muhitini shakllantirish uchun, avvalo, quyidagilarni amalga oshirish kerak:
− o‘quv jarayonida ijodkorlik muhitini vujudga keltirish;
− o‘quvchilar faoliyatini muayyan tartib asosida tashkil etish;
− o‘quvchilar jamoasi orasida o‘zaro do‘stona muhitni vujudga keltirish kabilar.
O‘zaro hamkorlik va do‘stona muhitni vujudga keltirish uchun muayyan maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonni shunday tashkil etish lozimki, buning uchun o‘quv-tarbiya jarayonining ochiq xarakter kasb etishi va o‘zaro axborotlar almashinuvi uchun qulay bo‘lishini ta’minlash muhimdir.
Ta’lim jarayonida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun o‘quvchilarda ongli faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmasini tarkib toptirish, ularni mustaqil, ijodiy fikrlashga o‘rgatish alohida ahamiyatga ega. Chunki umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilari murakkab, ruhiy inqirozlar vujudga keladigan, yuqori quvvatga ega bo‘lgan, shijoatli, yangilikka chanqoq, olamni o‘zlashtirishga intiluvchan, mustaqillik va moslashuvchanlikka moyil, xulq-atvorida ijtimoiy me’yorlarning shakllanishi jadal sur’at bilan kechadigan yoshda bo‘ladilar.
|
| |