• Har qanday o‘quv kursi, ma’lumki, quyidagi komponentlarni o‘zida jamlaydi
  • – o‘quv quvvati; – baholash.
  • Har qanday PT qo‘llanilishida didaktikaning quyidagi asosiy va
  • Mavzu: Guruh murabbiylari faoliyatini tashkil etishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning samarali yo‘llari




    Download 150,94 Kb.
    bet8/19
    Sana21.05.2024
    Hajmi150,94 Kb.
    #248079
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
    Bog'liq
    Xodjayeva G













    1. O‘qitishning faol pedagogik texnologiyalari.

    O‘qitishning an’anaviy va noan’anaviy usul va metodlari farq qilinadi. Ular mohiyatiga ko‘ra faol va osoyishta turlarga ajratiladi. Ularning har biri o‘z tarixi va shakllanish mexanizmiga ega. Bularning orasida uzoq yillar davomida sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan va yuksak pedagogik samara beradiganlari juda ko‘p. Insoniyat o‘zini va atrof-muhitni anglab yetishi jarayonida ta’lim va tarbiya uchun asqotadigan xilma-xil texnologiyalarni yaratgan. Ularning aniq son va sifatini hech kim aniq belgilay olmaydi. Bunga hozirgi davrda mavjud bo‘lgan turli davlatlarning ta’lim tizimlarida amal qilinayotgan turfa PT misol bo‘la oladi. Gap ularning qaysi biridan kim qanday samara bilan foydalanishidadir. Katta samara bermaydigan yoki o‘zini oqlay olmagan texnologiyalar kun tartibidan tushib qolaveradi va ular insoniyat sivilizatsiyasining tarixiy “sandig‘iga” jamlanib boraveradi.

    Har qanday o‘quv kursi, ma’lumki, quyidagi komponentlarni o‘zida jamlaydi:

    – kursning davomliligi (muddati);

    – o‘qitishning maqsad va vazifalari;

    – o‘qitishning mazmuni;

    – maqsadli guruhning tashkil etilishi;

    – o‘qitish jarayoni;

    – o‘qitish metodikasi;

    – o‘quv quvvati;

    – baholash.

    O‘qitishning mazmuni o‘quv birligining davomiyligi va o‘zlashtirish darajasi orasidagi uzviy bog‘lanishning grafigi tarzida ifodalanishi mumkin. Bunda uch toifadagi o‘zlashtirish darajalari farq qilinadi va ular majburiy (past), zaruriy (o‘rtacha) va maqsadga muvofiq (eng yuqori) ko‘rsatkichlarga ega bo‘ladilar.

    Har qanday PT qo‘llanilishida didaktikaning quyidagi asosiy va

    yordamchi tamoyillari (prinsiplari), amal qiladi:

    – ma’lumdan noma’lumga;


    Download 150,94 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




    Download 150,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Guruh murabbiylari faoliyatini tashkil etishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning samarali yo‘llari

    Download 150,94 Kb.