• Munozara mashg‘ulotlari uchun quyidagi shartlarning bajarilishi
  • – savollar beriladi;
  • Munozaraning natijasini o‘qituvchi oldindan loyihalashi lozim. Bunda oraliq jarayonlar ikkinchi pozitsiyada turadi. Yakuniy xulosalar ilmiy bilish nazariyasiga zid kelmasligi o‘qituvchining kasbiy sal




    Download 150,94 Kb.
    bet11/19
    Sana21.05.2024
    Hajmi150,94 Kb.
    #248079
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
    Bog'liq
    Xodjayeva G

    Munozaraning natijasini o‘qituvchi oldindan loyihalashi lozim. Bunda oraliq jarayonlar ikkinchi pozitsiyada turadi. Yakuniy xulosalar ilmiy bilish nazariyasiga zid kelmasligi o‘qituvchining kasbiy salohiyati bilan ta’minlanadi.

    Erkin munozarani anarxiyaga aylantirmaslik – eng muhim pedagogik vazifadir. Uning o‘quv qimmatini boshqariladigan munozaradan kamroq baholab bo‘lmaydi.

    Munozara mashg‘ulotlari uchun quyidagi shartlarning bajarilishi

    muhimdir:

    – reglamentga rioya qilish;

    – boshlashdan oldin chuqur fikriy tahlil qilish;

    – ishtirokchilarning maksimal miqdordagi sonini qo‘lga kiritish;

    – o‘qituvchining o‘quvchilariga nisbatan hukmron bo‘lmasligi.

    Passiv o‘quvchilarning ishtirokini ta’minlash – aksariyat o‘qituvchilar uchun amalda bajarib bo‘lmaydigan jarayondir. Ularni jonlantirish uchun:

    – savollar beriladi;

    – har bir shaxsning xususiy fikri so‘raladi;

    – to‘g‘ri javoblar rag‘batlantiriladi;

    – noto‘g‘ri javoblar va xatolar to‘g‘rilanadi va to‘ldiriladi.

    Munozaraning muvaffaqiyati o‘quvchilarning qiziqishi, bilimi, ahilligi, hur fikrliligi va jamoadagi sog‘lom pedagogik-psixologik muhitga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi.

    Guruhiy ish. Bu so‘nggi yillarda Yevropa mamlakatlarida keng ommaviylik tusini olgan o‘qitish metodidir. Masalan, Daniyada birorta ham ma’lumot yoki kasb guruhiy ishsiz egallanmaydi. Kam sonli (4-6 nafar) o‘quvchilarning qandaydir muhim o‘quv tadbirida ishtirok etishi va ularning hamkorlikdagi faoliyati bunday mashg‘ulotning samarasini belgilaydi. Bajarilish darajasi va uning sifatini o‘qituvchi nazorat qiladi. Guruhlarga berilgan vazifalar bosqichma-bosqich navbatlanishi, galma-gallanishi lozim. Guruhlar bir jinsli (o‘g‘il bolalar, erkaklar yoki qiz bolalar, ayollar) va ikki jinsli (har ikki jins vakillaridan iborat) bo‘lishi mumkin. Ta’lim yo‘nalishi va pedagogik maqsad hamda vazifalardan kelib chiqqan holda bunday guruhlar xususiy holat uchun shakllantiriladi.


    Download 150,94 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




    Download 150,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Munozaraning natijasini o‘qituvchi oldindan loyihalashi lozim. Bunda oraliq jarayonlar ikkinchi pozitsiyada turadi. Yakuniy xulosalar ilmiy bilish nazariyasiga zid kelmasligi o‘qituvchining kasbiy sal

    Download 150,94 Kb.