• Har qanday ma’ruza tarkiban uch qismdan iborat bo‘ladi
  • Mavzu: Guruh murabbiylari faoliyatini tashkil etishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning samarali yo‘llari




    Download 150,94 Kb.
    bet10/19
    Sana21.05.2024
    Hajmi150,94 Kb.
    #248079
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
    Bog'liq
    Xodjayeva G

    Ma’ruza davomida o‘qituvchining xatti-harakatlari, imo-ishoralari, nutq komponentlari muhim rol o‘ynaydi. Ma’ruzachi auditoriya bilan yaxshi aloqa o‘rnatishi uchun uning dinamik siljib turishi tavsiya etiladi. Ovoz ohangining o‘zgarishi va o‘rinli pauzalar ham yordamchi omillarga aylanadi. Bayon mo‘’tadilligining o‘zgarishi, o‘rinli kalimalarning galma-gallanishi, qiziqarli ma’lumotlarning bezak tarzida ishlatilishi katta ahamiyatga ega. Ma’ruzaning to‘laqonliligi ko‘rgazmali vositalardan qay darajada foydalanilishiga ham bog‘liqdir. Rasmlar, jadvallar, plakatlar, diagrammalar, moddiy obyektlar va AKTning turli elementlaridan o‘rinli foydalanish ma’ruzaning ta’lim beruvchi, tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi quvvatini oshiradi.

    Har qanday ma’ruza tarkiban uch qismdan iborat bo‘ladi:

    – kirish;

    – asosiy qism;

    – xulosa.

    Ma’ruza turlari pedagogning mahoratiga bog‘liq ravishda turfa ko‘rinishlar va mazmunga ega bo‘ladi. Ma’ruzaning pedagogik samarasi o‘qitishning barcha tashkiliy shakllariga qiyoslanganda eng yuqori bo‘ladi. Munozara. Ko‘pchilik o‘quv predmetlari va ularning mavzulari ta’lim standartlari, o‘qitish dasturlari, o‘quv rejasi va ta’lim muassasasining o‘ziga xosligiga bog‘liq ravishda hamda tinglovchilar (bilim oluvchilar) kontingenti bilan aloqadorlikda munozara tarzidagi o‘quv mashg‘ulotlarini taqozo etadi. Birinchidan, tinglovchilarning faolligi ta’minlanadi. Ikkinchidan, shubhali vaziyatlarga o‘rin qoldirilmaydi. Uchinchidan, bilim oluvchilarning istak- xohishlari to‘la qondiriladi. Eng muhimi, bunday sharoitda o‘quv materiali to‘la-to‘kis o‘zlashtiriladi. Asoslar, xulosalar, hukmlar va tasavvurlar mukammal ko‘rinish va mazmunda bo‘ladi. Ko‘rsatma va ta’kidlarning

    ishonchliligi yuqori darajada bo‘ladi.

    Munozara ikki turli bo‘ladi:

    boshqariladigan;

    – erkin munozara.

    Boshqariladigan munozarada o‘qituvchining ishtiroki sezilarli darajada bo‘ladi, lekin bu ishtirok uning o‘quv jarayonidagi hakamlik mavqeyidan oshib ketmasligi lozim. Erkin munozara esa bilim beruvchi va oluvchilarning demokratik tarzdagi ishtiroki bilan o‘tkaziladi. Bu har ikki turdagi munozaralarda o‘quv haqiqati birinchi o‘rinda turadi. Ilmiy bilimlar jonli mushohada, abstrakt tafakkur orqali nisbiy va absolyut haqiqat yo‘li bilan qo‘lga kiritilishi hisobga olinsa, bilish jarayonining taraqqiyotini belgilovchi tushuncha, kategoriya, faraz, xulosa, qoida, nazariya, qonun va qonuniyatlar munozara davomida mazmunan buzilmasligi muhimdir.


    Download 150,94 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




    Download 150,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Guruh murabbiylari faoliyatini tashkil etishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning samarali yo‘llari

    Download 150,94 Kb.