Mavzu: Guruh murabbiylari faoliyatini tashkil etishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning samarali yo‘llari




Download 150,94 Kb.
bet18/19
Sana21.05.2024
Hajmi150,94 Kb.
#248079
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Xodjayeva G

Mashg‘ulotlar turlarining an’anaviy ko‘rinishlari bilan bir qatorda noan’anaviy tashkiliy tadbirlarni keng yo‘lga qo‘yish ta’lim oluvchilarning sezilarli darajadagi rivojlanishiga olib boradi. Bunday o‘zgarishlar miqdor va sifat kesimlarida, vaqt birligi davomida salmoqli natija beradi. Mashq qilish tufayli ko‘rish va eshitish sezgilari evaziga bo‘ladigan o‘zlashtirish natijalarini oshirish pedagogik tajribada isbotlangan.

O‘qitishning asosiy tashkiliy shakli – dars va uning uzviy hamda mazmuniy davomi bo‘lgan darsdan tashqari ishlar xilma-xil variantlarda amalga oshirilganda ta’limning sifat va samaradorligi proporsional ravishda ko‘tariladi. Bunda motivatsiyaning ahamiyati katta. Motivatsiya – shaxsni o‘qishga, ko‘nikma va malaka egallashga hamda ijtimoiy-foydali mehnatga yo‘naltiruvchi (undovchi) turli sabablarning yig‘indisidir.






XULOSA
Xulosa. Ijtimoiylashuv cheksiz jarayon sifatida baxolanib, Biron bir yosh davri bilan chegaralanmay, aksincha, individning hayoti davomida ijtimoiy malakalarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan uzluksiz jarayondir.
Individ tomonidan ijtimoiy rollar va odob-axloq normalarini o‘zlashtirilishiga alohida urg‘u berishi, ijtimoiylashuv xodisasining ijtimoiy tajribani boshqa individga yetkazishning ajralmas xususiyati sifatida ko‘rilishi bilan bog‘liq xolat ekanligidadir. Bundan ko‘rinib turibdiki shaxsning ijtimoiylashuvi nafaqat xozirgi zamon global masalasigina bo‘lib qolmay bir necha asrlar avval yashab o‘tgan sharq mutafakkirlarining ham asarlarida alohida yoritilgan mavzulardan bo‘lgan.
Yangicha yondashuv, yangicha fikrlash asosida o‘qitish jarayonida bilim oluvchilarning o‘quv-biluv faoliyatining samarali shakl va uslublarini joriy etish, ularning mustaqil ishlarini samarali tashkil qilish kerak. O‘quv- tarbiya jaryonlarini ilmiy va metodik jihatdan mukammal tashkil etish muvaffaqiyatlar garovidir. Bunda barcha turdagi mashg‘ulotlar va mustaqil topshiriqlar talabalarni o‘ylashga, ijodiy mehnat qilishga, har tomonlama fikr yuritishga, berilgan topshiriqlarni o‘z hayotiy tajribalariga asoslanib hal etishga o‘rgatadi. Mashhur ingliz adibi J.Bernard Shou topib aytganidek, “Bilimga eltuvchi yagona yo‘l, bu – faoliyatdir.” Ana shunday faoliyatning o‘quvchi va o‘qituvchi mehnati ko‘rinishidagi turlari omixtalashganida kutilganidan ziyodaroq natijaga erishish mumkin bo‘ladi.
O‘qitishning asosiy tashkiliy shakli bo‘lgan dars va darsdan tashqari ishlar, ular qanday ko‘rinishda (an’anaviy yoki noan’anaviy darslar, sinfdan va maktabdan tashqari o‘quv-tarbiya tadbirlari, ma’ruza yoki amaliy mashg‘ulotlar) tashkil etilishidan qat’i nazar, ilmiy-nazariy, ilmiy- metodik va ma’rifiy-ma’naviy jihatdan to‘laqonli bajarilganidagina yuksak pedagogik samarani berishi mumkin. Bunda. albatta, bilim oluvchilarning yosh va fiziologik xususiyatlari, qiziqishi, bilim saviyasi, fikr yuritish doirasi hisobga olingan holda tashkil qilinadigan mashg‘ulotlar ko‘zda tutiladi. Buning uchun esa ta’lim va tarbiya beruvchining mukammallik darajasidagi pedagogik mahorati va kasbiy salohiyati talab qilinadi. O‘t-dalali almashlab ekishni dehqonchilik madaniyatiga dunyo amaliyotida birinchi bo‘lib tavsiya etgan taniqli tuproqshunos olim R.Vilyamsning “Yomon yer yo‘q, balki undan hosil undirish yo‘lini bilmaydigan uquvsiz dehqonlar bor”, degan purhikmat iborasiga pedagogik o‘zgarish kiritib aytadigan bo‘lsak, “ Yomon o‘quvchi (bilim oluvchi) yo‘q, balki unga o‘qish-o‘rganishning maqbul yo‘lini ko‘rsata olmaydigan noshud o‘qituvchi (pedagog, tarbiyachi)largina bor”.


Download 150,94 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Download 150,94 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Guruh murabbiylari faoliyatini tashkil etishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning samarali yo‘llari

Download 150,94 Kb.