Guruhiy ish kengroq joy va siljitiladigan o‘quv mebellarini talab qiladi. O‘qituvchining nazorati barcha guruh uchun baravar bo‘lishi lozimligi ham qiyinchilik tug‘diradi




Download 150,94 Kb.
bet12/19
Sana21.05.2024
Hajmi150,94 Kb.
#248079
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
Xodjayeva G

Guruhiy ish kengroq joy va siljitiladigan o‘quv mebellarini talab qiladi. O‘qituvchining nazorati barcha guruh uchun baravar bo‘lishi lozimligi ham qiyinchilik tug‘diradi.

Muammoli topshiriqlar. Nazariya va amaliyotning birligini ta’minlash – eng murakkab pedagogik vazifadir. Aniq vaziyat va qo‘yilgan masalaning mohiyatidan kelib chiqqan holda muammoli topshiriqlar yordamida yaxshi natijaga erishish mumkin. Faktlar va ma’ruza materiallarini o‘zlashtirish, topshiriqlar hamda mashq va masalalar yechimida muammoli vaziyat yaratilishi qo‘l keladi. Bunda ham kam sonli ishtirokchilardan iborat guruhlar shakllantiriladi. O‘quv materiali guruhlarga alohida-alohida bo‘lib beriladi. Yakuniy xulosalar va yechimlar topilgach, mavzular guruhlar orasida ayirboshlanadi. Yechimlar va fikrlar xilma-xilligi yuzaga kelsa, o‘qituvchi bosh hakam tarzida so‘nggi va hal qiluvchi so‘zni aytadi. O‘quv materialining o‘quvchilar yosh xususiyatlariga mosligi bunda o‘ta muhim omildir.

Muammoli topshiriqlar o‘qituvchidan katta va qiyin mehnatni talab qiladi. Shu boisdan, ularning sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan variantlarini topish va qo‘llash murakkab jarayondir.

Loyihaviy topshiriqlar. Biror o‘quv materialini atroflicha va chuqur o‘rganish uchun bu yondashuv katta samara beradi. O‘rganish, tahlil qilish, baholash, xulosa chiqarish va yakuniy qarorga kelish uchun uzoq muddatli loyihalangan reja zarur. Bu tadbirni o‘tkazish uchun bazaviy va boshlang‘ich tayanch ma’lumotlar talab qilinadi. O‘quv predmetini o‘zlashtirishning bosqichlarida davriy ravishda tatbiq qilinadi. Bunday topshiriqlar o‘quvchi ijodkorligini oshiradi, mustaqillik sari yetaklaydi.

Loyihalar mavzuning tavsifini beruvchi kirish qismi, mavzuning muxtasar asosnomasi, faktlar va argumentlarga asoslangan ma’lumotlar yig‘indisi hamda xulosa yoki yechimdan iborat bo‘ladi.

Rolli o‘yinlar (ishchanlik yoki ishbilarmonlik o‘yinlari). Bunday o‘yinlar muammoli topshiriqlarning bir ko‘rinishidir. Sahnalashtirish va obrazli chiqishlar bunday mashg‘ulotlarning asosiy belgisidir. Ishbilarmonlik, bilimdonlik, topqirlik, quvnoqlik, hozirjavoblik, ijodkorlik, artistizm, ishchanlik va yaratuvchanlik kabi fazilatlarni namoyish qilishga keng imkon beradi. O‘qituvchi har bir o‘quvchining salohiyatiga mos vazifa topshirishi juda muhimdir. Birinchi va ikkinchi darajali ishtirokchilar bo‘lmasligini ta’minlash ham talab qilinadi. O‘quv mashg‘uloti hayotdagi aniq vaziyatga ko‘proq yaqinlashadi.


Download 150,94 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Download 150,94 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Guruhiy ish kengroq joy va siljitiladigan o‘quv mebellarini talab qiladi. O‘qituvchining nazorati barcha guruh uchun baravar bo‘lishi lozimligi ham qiyinchilik tug‘diradi

Download 150,94 Kb.