|
– o‘yin faoliyati orqali shaxsning o‘qishga, mehnatga bo‘lgan qiziqishi ortadi
|
bet | 16/19 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 150,94 Kb. | | #248079 |
Bog'liq Xodjayeva G – o‘yin faoliyati orqali shaxsning o‘qishga, mehnatga bo‘lgan qiziqishi ortadi; – o‘yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi, ya’ni kommunikativ muloqot madaniyatini egallashi uchun yordam beriladi; – shaxsning o‘z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o‘zligini namoyon etishiga imkon yaratiladi; – hayotda va o‘yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengish va mo‘ljalni to‘g‘ri olish ko‘nikmalarining tarkib topishiga yordam beradi; – o‘yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi; – shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi; – insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, ma’naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganishga e’tibor qaratiladi; – o‘yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko‘zda tutiladi. Didaktik o‘yinli mashg‘ulotlarni talabalarning bilim olish va o‘yin faoliyatining uyg‘unligiga qarab: syujetli-rolli o‘yinlar, ijodiy o‘yinlar, ishbilarmonlar o‘yini, konferensiyalar, o‘yin-mashqlarga ajratish mumkin. O‘qituvchi-pedagog avval talabalarni individual (yakka tartibdagi), so‘ngra guruhli o‘yinlarga tayyorlashi va uni o‘tkazishi, o‘yin muvaffaqiyatli chiqqandan so‘ng esa ularni ommaviy o‘yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki talabalar didaktik o‘yinli mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari, bundan tashqari, guruh jamoasi o‘rtasida hamkorlik, o‘zaro yordam vujudga kelishi lozim. Didaktik o‘yinli mashg‘ulotlarning o‘ziga xos xususiyatlari
Didaktik o‘yinli mashg‘ulotlar
|
Mavzu mazmuni qanday bo‘lganda mazkur mashg‘ulotdan
foydalaniladi
|
Mashg‘ulotlarning didaktik funksiyalari
|
Talabaning faoliyati
|
Syujetli- rolli
|
Fanning turli sohalarida qo‘lga kiritilgan yutuqlarni yoritish, fanlararo bog‘lanishlarni amalga oshirish, tabiatdagi va kundalik hayotdagi muammolarni hal etish imkoniyati
bo‘lganda
|
Kundalik hayotdagi ijtimoiy munosabatlarni, tabiat obyektlari
va tabiiy hodisalar o‘rtasidagi aloqalar va bog‘lanishlarni adabiy- badiiy tarzda yoritish
|
Muayyan rollarni bajarish orqali bilim, ko‘nikmalar- ni egallash
|
Ijodiy o‘yin
|
Avval o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyati bo‘lganda
|
Muammoli vaziyatlarni avval o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni ijodiy qo‘llash orqali hal
etish
|
Ijodiy izlanish orqali yangi mavzuni
o‘zlashtirish
|
Ishbilar- monlar o‘yini; Auksion
|
Turli obyektlarga tavsif berish, ularni taqqoslash imkoniyati bo‘lganda
|
Jamiyatdagi ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlar asosida talabalarning dunyoqarashini kengay-
tirish, kasbga yo‘llash
|
Auksionda ishtirok etish orqali yangi mavzuni
o‘zlashtirish
|
Konfe- rensiya
|
Fanning turli sohalariga oid bilimlar mujassamlashgan
va qo‘lga kiritilgan yutuqlarni yoritish, fanlararo bog‘lanishlarni amalga oshirish
imkoniyati bo‘lganda
|
Qo‘shimcha va mahalliy materiallar bilan tanishtirish, ilmiy, ilmiy- ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash,
kasbga yo‘llash
|
«Olimlar» maqomini olib, muayyan mavzularda izlanishlar olib borish
|
Matbuot konfe-ren- siyasi
|
Fanning turli sohalarini qamrab olgan, talabalarning avval o‘zlashtirgan
bilimlaridan foydalanish
lozim bo‘lganda
|
Qo‘shimcha va mahalliy materiallar bilan tanishtirish, darslik, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan
mustaqil ishlash
|
«Olimlar» va
«Muxbirlar» maqomini olib mavzuni o‘zlashtirish
|
|
| |