• 2. Jamiyatdagi va kundalik hayotdagi muhim muammolarga bag‘ishlanib, ular o‘yin davomida hal qilinishi.
  • O‘qituvchi-pedagog didaktik o‘yinli mashg‘ulotlarni o‘tkazishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishi va uni o‘tkazishda quyidagi didaktik talablarga rioya qilishi talab etiladi




    Download 150,94 Kb.
    bet17/19
    Sana21.05.2024
    Hajmi150,94 Kb.
    #248079
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
    Bog'liq
    Xodjayeva G

    O‘qituvchi-pedagog didaktik o‘yinli mashg‘ulotlarni o‘tkazishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishi va uni o‘tkazishda quyidagi didaktik talablarga rioya qilishi talab etiladi:

    1. Didaktik o‘yinli mashg‘ulotlar dasturda qayd etilgan mavzularning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarini hal qilishga qaratilgan bo‘lishi.

    2. Jamiyatdagi va kundalik hayotdagi muhim muammolarga bag‘ishlanib, ular o‘yin davomida hal qilinishi.

    3. Barkamol shaxsni tarbiyalash tamoyillariga va sharqona odob-axloq normalariga mos kelishi.

    4. O‘yin tuzilishi jihatidan mantiqiy ketma-ketlikda bo‘lishi.

    5. Mashg‘ulotlar davomida didaktik prinsiplarga amal qilinishi va eng

    kam vaqt sarflanishiga erishishi kerak.

    Didaktik o‘yinli mashg‘ulotlar orasida konferensiya mashg‘ulotlari ham muhim o‘rin tutadi.

    Konferensiya mashg‘ulotlari talabalarning bilish faoliyatini takomillashtirishda, ilmiy dunyoqarashini kengaytirishda, qo‘shimcha va mahalliy materiallar bilan tanishtirishda, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko‘nikma va malakalarini orttirish, mustaqil hayotga ongli tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

    Konferensiya mashg‘ulotini o‘tishdan avval mashg‘ulot mavzusini, maqsad va vazifalarini belgilab, shu mavzuga oid qo‘shimcha ilmiy, ilmiy- ommabop adabiyotlar ko‘zdan kechiriladi. Mashg‘ulotni o‘tkazishdan 1 hafta oldin mashg‘ulot mavzusi e’lon qilinib, unga tayyorgarlik ko‘rish uchun adabiyotlar tavsiya etiladi. Ushbu mashg‘ulotda «Olimlar» rolini tanlash, mavzuni har tomonlama yoritish, ma’ruza tayyorlash talabalarning ixtiyorida bo‘ladi.\

    O‘zlashtirish – shaxsning individual xususiyatiga bog‘liq bo‘lganligi uchun o‘quv jarayonini tabaqalashtirilgan yondashuv asosida tashkil etish, diqqatni to‘plash, xotirani mashq qildirish, xarakterni tarbiyalash, axborot olishning yakka tartibli usulini keng qo‘llash zarur.

    Shaxsning individual va psixologik diagnostikasi ma’lumotlarini amaliyotda hisobga olish va o‘quv faoliyatini takomillashtirishning intensiv usullaridan keng foydalanish, bilim oluvchilarning o‘zlashtirish jarayonini tekshirish va nazorat qilish hamda baholashda reyting tizimiga bo‘ysunish ijobiy natija beradi. Ta’lim berish va tarbiyalash jarayonida shaxsning biologik, fiziologik, genetik, sotsial (ijtimoiy) jihatlarini o‘rganib pedagogik tadbirlarni tashkil etish va o‘qitish mexanizmini ishga tushirish, avvalo, samara, so‘ngra sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi.


    Download 150,94 Kb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




    Download 150,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘qituvchi-pedagog didaktik o‘yinli mashg‘ulotlarni o‘tkazishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishi va uni o‘tkazishda quyidagi didaktik talablarga rioya qilishi talab etiladi

    Download 150,94 Kb.