- o‘quvchining o‘quv mehnatiga mas’uliyati, javobgarligi va burchi oshadi




Download 150,94 Kb.
bet6/19
Sana21.05.2024
Hajmi150,94 Kb.
#248079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Xodjayeva G

- o‘quvchining o‘quv mehnatiga mas’uliyati, javobgarligi va burchi oshadi;

- bilimlarni mustaqil egallash malakalari shakllanadi;

- u umr bo‘yi o‘z bilimini uning o‘zigina boyitishiga ishonch paydo bo‘ladi;

- erkin fikrlash malakasi shakllanadi;

- shaxs jamiyatda o‘zining o‘rnini tezroq topib olishiga muhit yaratadi. Buning uchun biz o‘quvchiga «Sen buni bilishing kerak», degan majburlovchi da’vatdan «Menga bu zarur va men buni bilishga, uni hayotda qo‘llashga qodirman», degan ichki ishonch va intilishni uyg‘otishga o‘tishimiz kerak.

Shu munosabat bilan doimiy harakatdagi yangi PT bo‘yicha tashabbuskor innovatsiyali guruhlar tashkil etilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

PT o‘quv predmeti va fan sifatida o‘zining hayotdagi munosib o‘rnini egallab bormoqda. «PT», «Yangi PT», «Zamonaviy pedagogik va interfaol texnologiya», «Axborot va innovatsiyali texnologiyalar», «Ta’lim texnologiyasi», «Texnika», «Mahorat», «Axborot texnologiyasi», «Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari», «Ta’lim metodlari», «Tarbiya metodlari», «Pedagogik mahorat» kabi atamalar, tushunchalar, maxsus va tanlov kurslari, o‘quv predmetlari shakllanib va ularning mazmun-mohiyati o‘zgarib turmush va amaliy faoliyatga shiddat bilan kirib kelmoqda. Umumpedagogik tushunchalar tizimida texnologiya muammosiga ilmiy yondashish kuchaymoqda. PT va pedagogik faoliyat hamda o‘qituvchi kasbiy jadvali bir butun jarayon yoki hodisa tarzida tasavvur qilinadi. Shu nuqtayi nazardan, PT va pedagogik mahorat o‘zaro qondosh – egizakdir. PTni o‘qitish jarayonida qo‘llash – sifat va samaradorlikning yetakchi omillaridan biridir.

PTning o‘z tarkibi va mazmuni bo‘yicha takomillashuvi, uning kasbiy faoliyat sifatida samaradorligining ortishi uzluksiz davom etadi. Bunday dinamik jarayon ta’lim tizimida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar bilan garmonik tarzda kechadi.

PTning umumiy tavsifi va tarkibiy mazmuni uning ijtimoiy hodisa ekanligida namoyon bo‘ladi va ta’lim-tarbiya masalalari bilan bog‘liq maqsad va vazifalar, motiv va ehtiyojlar, talab va manfaatlar, qiziqish va xohishlarni amalga oshirishda ro‘y-rost ko‘rinadi.


Download 150,94 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 150,94 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- o‘quvchining o‘quv mehnatiga mas’uliyati, javobgarligi va burchi oshadi

Download 150,94 Kb.