Mavzu: Guruh murabbiylari faoliyatini tashkil etishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning samarali yo‘llari




Download 150,94 Kb.
bet4/19
Sana21.05.2024
Hajmi150,94 Kb.
#248079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Xodjayeva G

K.Levin tomonidan o‘tkazilgan eksperimentda aniqlangan o‘quvchilar bilan bo‘ladigan muloqotning u yoki bu xususiyatlarini qisqacha keltirib o‘tamiz. Avtoritar uslubning xarakterli tomoni sifatida undagi qattiqqo‘l boshqaruv va umumiy nazorat ko‘proq muallimning boshqalarga nisbatan buyruq ovozida munosabatlarga kirishishiga va tez ogohlantirishlar berishiga olib kelishida ko‘rish mumkin. Shuning bilan ba’zi ishtirokchilarga nisbatan sababsiz ogohlantirishlar va boshqalariga esa asossiz maqtovlar yog‘dirilishi kuzatiladi. Avtoritar muallim faoliyat va vazifaning umumiy maqsadlarinigina emas, balki u kimning kim bilan ishlashini ko‘rsatib, uning yechilish yo‘llarini ham belgilab berdi. Vazifalar va ularning yechilish yo‘llari bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilandi. Bunday yondashuv inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil rolini pasaytiradi. Chunki inson bunda o‘zining faoliyatidan kutilayotgan maqsadni, ya’ni ushbu bosqichning nima uchun bajarilayotganligini va oldinda uni nima kutayotganligini aniq bilmaydi. Undan tashqari faoliyatni bosqichma-bosqich tartibga solish va nazorat qilish ishlari shuni ko‘rsatdiki, o‘qituvchining ishtirokchilar bilan bo‘ladigan munosabatida uning mustaqilligi va javobgarligi sust yoki bu xususiyatlarning unda past darajada ekanligi kuzatildi. O‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladigan tashabbus yo‘qolib, u xuddi keraksiz xohish sifatida qaraladi. K.Levindan so‘ng amalga oshirilgan izlanishlarning ko‘rsatishicha, tashabbus go‘yoki avtoritar o‘qituvchining ishonch vakolatini qisqartirar ekan. Aytaylik, kimdir ishni boshqacharoq tashkil etishni taklif qilsa, demakki u bu narsani oldindan ko‘rib chiqmaganligiga shama qilayotgandek tuyular ekan. Shuning bilan birga, ma’lum bo‘lishicha, avtoritar lider ishtirokchilar muvaffaqiyatini subyektv tarzda baholar ekan.

Demokratik o‘qitish uslubida shaxs emas, balki faktlar muhimligi tan olinadi. Ammo demokratik o‘qitish uslubining asosiy xususiyati sifatida guruhning o‘rtacha tashlangan masala muhokamasida va uning tashkil etilishida faol ishtirok etilishi qaraladi. Natijada ishtirokchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi oshadi va o‘z-o‘zini boshqarish hissi rag‘batlantiriladi. Bu uslubda guruhdagi o‘zaro munosabatlar yaxshi kelisha olish tarzida davom etadi va bir-biriga bo‘lgan ishonch kuchayadi. O‘qitishda boshqaruvning layoqatsizlik uslubining asosiy xususiyati sifatida rahbarning bo‘lib o‘tadigan voqea-hodisaga nisbatan javobgarlik hissidan o‘zini olib qochishini ko‘rsatish mumkin.


Download 150,94 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 150,94 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Guruh murabbiylari faoliyatini tashkil etishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning samarali yo‘llari

Download 150,94 Kb.