• - bolaning talabi, moyilligi, istak-xohishi uning imkoniyatlari darajasida qondiriladi;
  • Mavzu: Guruh murabbiylari faoliyatini tashkil etishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning samarali yo‘llari




    Download 150,94 Kb.
    bet5/19
    Sana21.05.2024
    Hajmi150,94 Kb.
    #248079
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    Xodjayeva G

    Natijalarning ko‘rsatishicha, eng yomon uslub layoqatsizlik uslubi bo‘lib chiqdi. Bu uslubda vazifalar oz bajarilib, ularning sifati ham yomon edi. Eng muhimi, bunday guruhda hech qanday javobgarlik hissi bo‘lmaganligi va vazifalar murakkab bo‘lmagan qandaydir o‘yinni eslatgani tufayli ishtirokchilar unga kam darajada qiziqish hosil qildilar. Avtoritar uslubda o‘qituvchi bilan kelishishda ko‘pgina janjallar paydo bo‘lishi kuzatildi. Eng samarali uslub sifatida demokratik uslub tan olindi. Guruh, ishtirokchilari uchun bu yerda xarakterli xususiyat bo‘lib vazifaga qiziqish va ichki faoliyat motivatsiyasi xizmat qiladi. Vazifalarning bajarilish sifati va aniqligi oshdi. Shu bilan birga, guruh qobiliyati, erishilgan umumiy muvaffaqiyatlar ustidan g‘urur tuyg‘usi, o‘zaro ko‘maklashuv va do‘stona munosabatlar kuchaydi.

    Bu natijalar keyinchalik amalga oshirilgan izlanishlar asosida ko‘p marta tasdiqlandi. Pedagogik muloqotda demokratik uslubning afzalligi quyi sinf o‘quvchilaridan boshlab yuqori sinf o‘quvchilarigacha bo‘lgan turli guruhlarda isbotlandi. Shu narsa ham ma’lum bo‘ldiki, birinchi sinf o‘quvchilarida o‘qishning ikkinchi haftasidayoq maktabga va o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqning tez sur’atlarda susayishi aynan avtoritar o‘qituvchilar boshchilik qilgan guruhlarda kuzatilar ekan. Shunday qilib, maktab hayotida va bilim olishda o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan bo‘ladigan munosabatlari muhim rolni o‘ynashi aniqlandi. Adolat mezoniga asoslangan holda aytish lozimki, zamonaviy sotsial psixologiyaning tasdiqlashicha shunaqa holatlar ham bo‘ladiki, ba’zida avtoritar uslub eng foydali va maqbul bo‘lib chiqadi. Lekin, odatda, ko‘proq pedagogik muloqotda bu qoida istisnodir.

    Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim jarayoniga yangicha yondashib, ijodkorlik, bunyodkorlik tatbiq etilganida va pedagogik faoliyat jarayonlari metodologik hamda psixologik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilinganida ta’lim samarasi yangi bosqichga ko‘tariladi, ya’ni:

    - bolaning talabi, moyilligi, istak-xohishi uning imkoniyatlari darajasida qondiriladi;


    Download 150,94 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 150,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Guruh murabbiylari faoliyatini tashkil etishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning samarali yo‘llari

    Download 150,94 Kb.