– ilmiy-tadqiqot metodlari; – o‘qitishning muammoli-izlanish va reproduktiv metodi




Download 150,94 Kb.
bet3/19
Sana21.05.2024
Hajmi150,94 Kb.
#248079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Xodjayeva G

– ilmiy-tadqiqot metodlari;

– o‘qitishning muammoli-izlanish va reproduktiv metodi;

– o‘qitishning induktiv va deduktiv metodi;

– o‘qitishning nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodi.

Yuqoridagilarga asoslangan holda shuni aytish mumkinki, ta’lim muassasalarida yangi PT, zamonaviy o‘qitish uslublaridan foydalanib, jahon talablari darajasida o‘quvchi va talabalarni o‘qitish mumkin.

Pedagogik muloqot deganda, odatda, o‘qituvchining o‘quvchi bilan dars mobaynida va darsdan tashqari bo‘ladigan aniq pedagogik funksiyalarga ega va qulay psixologik muhitni yaratish, shuning bilan birga, boshqa xildagi psixologik optimal ilmiy faoliyat va pedagog bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlar uchun yo‘naltirilgan professional muloqot shakli tushuniladi (A.A.Leontev).

Boshqaruv uslublari bo‘yicha birinchi eksperimental psixologik izlanishlar 1938-yilda nemis psixologi Kurt Levin tomonidan AQSHda emigratsiyalangan natsistlarning Germaniya hududiga qaytishi davomida o‘tkazilgan. Bu izlanishda boshqaruv uslublarining kengaytirilgan klassifikatsiyasi sifatida avtoritar, demokratik va e’tiborsizlik yoki layoqatsizlik uslublari kiritilgan edi.

Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, K.Levin keltirilayotgan boshqaruv uslublari bo‘yicha o‘zining buyuk tadqiqotini muallimlarning maktab o‘quvchilari ustidan olib boradigan boshchiligini o‘rgangan holda o‘tkazgan edi.

O‘zining eksperimentida K.Levin o‘n yoshga to‘lgan maktab o‘quvchilarini bir necha guruhlarga bo‘ldi. Bu guruhlardagi bolalar bir xil mashg‘ulot bilan, ya’ni qo‘ng‘iroq yasash bilan shug‘ullandilar. Eksperimentning haqqoniy o‘tkazilishi maqsadida guruhlar umumiy va xususiy belgilari bo‘yicha, yoshi, jismoniy va intellektual ko‘rsatkichlari, o‘zaro shaxsiy munosabatlar tizimi va boshqalarning aynan mos kelishiga qarab tashkil etildi. Undan tashqari barcha guruhlar bir xil shart-sharoitlarda umumiy dastur bo‘yicha ishladilar, bir xil vazifani bajardilar.

Faqatgina instruktorlar, yoki bizga yaqin termin bilan aytganda, muallimlar o‘zlarining boshqaruv uslublari bo‘lmish demokratik, avtoritar va e’tiborsizlik yoki layoqatsizlik kabi uslublarda guruhlar faoliyatini olib borishi bilan farqlanadilar. Har bir muallim o‘ziga biriktirilgan guruh bilan olti hafta ishladi. Undan so‘ng o‘zaro guruhlar almashinuvi amalga oshirildi. Bu guruhlar bilan yana olti haftalik ish kunlari yo‘lga qo‘yildi va yana yangi guruh bilan almashish amalga oshirildi. Bunday jarayon eksperimentni imkon qadar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishiga katta yordam berdi. Undan tashqari, yuqorida keltirilib o‘tilganidek, guruhlar umumiy va xususiy belgilarga ko‘ra, aynan mos kelishiga qarab tashkil etilgan edi, shuning bilan birga, har bir muallim har qaysi guruh bilan yana qo‘shimcha ravishda ish olib bordi. Natijada guruh omilining ta’siri emas, balki aynan boshqaruv uslublarining guruhdagi o‘zaro munosabatlarga ta’siri, faoliyat motivatsiyasi, mehnat natijalari va boshqalarning ta’siri kuzatiladi.


Download 150,94 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 150,94 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



– ilmiy-tadqiqot metodlari; – o‘qitishning muammoli-izlanish va reproduktiv metodi

Download 150,94 Kb.