163
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
o‘qituvchidan ijodiy yondashishni talab etadi. O‘qituvchi o‘z o‘quvchilarining faoliyatida ularni
kuzatadi, ijobiy tajribalarini ommalashtiradi. O‘quvchilarda mustaqillik, tashabbuskorlik, ishga
ijodiy yondashish kabi xususiyatlarni namoyon bo‘lishiga, ularning qobiliyatlarini oshirishga
yordam beradi. O‘quvchilarning madaniyatini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari va
maqsadlarini amalga oshiradi. O‘qituvchi o‘z o‘quvchilarining faoliyatini
tashkil etishda hamisha
quvonch, mamnuniyat tuyg‘usini ifoda etishi bilan birga, ularda axloqiy e’tiqodni tarbiyalaydi.
O‘qituvchi ushbu ta’sirlar yordamida o‘quvchilarga madaniyatga oid bilimlarni egallashga va
faoliyat ko‘rsatishda istak tug‘dirish bilan birga uning yo‘nalishini ko‘rsatadilar. O‘qituvchilar
o‘quvchilarning faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishdan maxsus ish olib borishlari, o‘ziga xos shakl va
metodlaridan foydalanishni talab qiladi. O‘quvchilarning madaniyatini shakllantirishda ta’lim
jarayoni-mehnat faoliyati, o‘quvchilar jamoasi muhim vositalar bo‘lishi lozim. Madaniyatni
shakllantirish bu o‘z-o‘zini boshqarish, o‘z-o‘ziga doimo dunyoqarash va kamchiliklarni o‘ziddan
qidirish, o‘z-o‘ziga talabchan bo‘lish; hamma joyda aniq ishlarni bajarish, o‘z-o‘zini tarbiyalash
va bunda kuchli
va kuchsiz tomonlarni aniqlash, axloqiy tarbiyalanganligini, bilimlarni yaxshi
egallaganligi, axloqiy tuyg‘ularning rivojlanganligi, maqsadga intilish,
dovyuraklik va hal
qiluvchanlik, talabchanlik, tashabbuskorlik va mustaqillik, o‘z-o‘zini idora qilish va tuta bilish
tashkil etadi. O‘quvchilarda milliy qadriyatlarga doir bilimlar ularning faoliyatida ma’naviy
ko‘nikma va malakalarni shakllantiradi.
Demak, madaniyatni shakllantirish o‘quvchilarning maktabda turli ijtimoiy fanlar asoslarini
egallashi borasida paydo bo‘ladi. Natijada o‘quvchida axloqiy bilimlar rivojlanadi. Hayotda,
tajribada bilimlilik bilan bilmsizlik barobar emasligini ko‘p uchratish mumkin. Bilim – o‘quvchi
yoshlarning axloqiy, manaviy, madaniy munosabatlarida namoyon bo‘ladi. O‘quvchi yoshlarning
madaniyatini shakllantirishda ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni,
shakl va metodlarini
takomillashtirish alohida rol o‘ynaydi. Bu o‘qituvchining bilim saviyasiga pedagogik mahoratiga,
kasbiy qobiliyatiga bog‘liq. O‘quvchilarning darslarda olgan bilimlari ularning turmushida, xulq-
atvorida jamiyatdagi kishilarga munosabatida namoyon bo‘ladi. Dunyoviy bilimlar har bir
shaxsni, madaniyat, insoniyat, ma’rifat dunyosigi olib kiradi. Yaxshi xulq va odobli bo‘lishga,
e’tiqodlarni oshirishga xizmat qiladi. Kasbiy madaniyat tuzulishida axloqiy histuyg‘ular asosiy
o‘rinni egallaydi. Axloqiy, estetik his-tuyg‘ular shaxsning ma’naviy faoliyatida,
voqea va
hodisalarda, axloqiy jarayonida namoyon bo‘ladi. Axloqiy his-tuyg‘ular o‘z mazmuniga ko‘ra
axloqiy ishonch, axloqiy ong bilan chambarchas bog‘liqdir. Axloqiy his-tuyg‘ular jarayonida
intilish, yaxshi ko‘rish, burch, mas’uliyat, or nomus kabi hislar kamol topadi.
Shuni aytish kerakki, madaniyatni shakllantirish har bir kishining shaxs sifatida
rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Inson o‘zini bilish yoki anglashida, boshqarishida faqatgina
uning bilimi yoki odobi еtarli emas, his-tuyg‘ular kishi faoliyatiga
nisbatan aniq bilimlarni
qo‘llashga suyanishni taqozo qiladi. Ta’lim jarayoni mehnat faoliyati o‘quvchilar jamoasi axloqiy
his-tuyg‘ularni shakllantirishning asosiy vositalari hisoblanadi.21 O‘quvchilarning axloqiy his-
tuyg‘ularini tarbiyalashda sog‘lom muhit, zavqli vaziyatni vujudga keltirish muhimdir. Shuni
aytish kerakki, axloqiy his-tuyg‘u kishining hohishi va irodasida, turmushida,
jamiyatdagi
vaziyatda, o‘qituvchi talablarini amalga oshirishda, o‘quvchilarning o‘z o‘rni va mavqeini
anglashda ifodalanish bilan birga axloqiy ongning asosini tashkil etadi. Bu o‘rinda ayniqsa
o‘qituvchilar o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan muloqotlari muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar o‘z
o‘qituvchilari bilan muloqotga kirishar ekanlar, o‘z ongila kishilarning axloqiy his-tuyg‘ularini,
xulqlaridagi muayyan namunalarni tasavvur qiladilar. O‘qituvchilarning fikri, kechinmasi,
ko‘rsatmasi, xulqi va xatti-harakati ta’siri ostida o‘quvchilarning axloqiy xis tuyg‘ulari jarayonida
axloqiy madaniyatni shakllantirish tuyg‘ulari kuchayishi yoki aksincha susayishi mumkin.
Madaniyatni shakllanishida kishining xulq - atvori muhim o‘rin egallaydi. Xulq –
atvori
21
Tadjiyeva Z.G., Jumayev M.E. va b. Boshlang‘ich sinf matematika ta’limi samaradorligini oshirishda
tarixiy materiallardan foydalanish / о‘quv qо‘llanma. -T.: 2007.