|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 342
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
oyoqda yurganligiga qaramasdan az – Zamaxshariy hazratlari o‘t harakatchanligi bilan ajralib
turgan”, - deb yozishi ham bejiz emasligini ko‘rsatadi107.
1093 kashfiyotiga patent olgan va dunyoning eng buyuk kashfiyotchilari-dan biri bo‘lgan,
lekin o‘quvchilik paytida “qoloq” hisoblangan Edison: “Bolaligimda otam meni aqli past deb
o‘ylardi”, degan edi. Eynshteyn esa o‘qish va yozishga qiynalgani uchun tengqurlaridan orqada
qolgandi. U haqida singlisi Maya Vinteler xotiralarida shunday yozadi: “Bolaligida rivojlanishi
juda sekin edi. Gapirishga qiyialardi. Atrofidagilar uning soqov bo‘lib qolishidan qo‘rqishardi.
Aytmoqchi bo‘lgan narsalarni bazo‘r gapirardi. Bu hol yetti yoshigacha davom yetdi”. Qiyinchnlik
bilan bo‘lsa-da Eynshteyn maktabni bitirgach, universitetta o‘qishga kirdi. Ammo universitetni
bitirayotganida hech kimdan tavsiyanoma ololmagach, oddiyroq ishga, ya’ni Shvesiyadagi patent
idorasiga ishga joylashdi. Go‘yoki o‘tmishi unga kelajakda xam o‘rtahol bir hayotni va’da
qilayotgandek edi.
Lekin bir lahzada hamma narsa o‘zgardi. 1905 yil, 26 yoshli Eynshteyn o‘sha mashhur
formulasini “Nisbiylik nazariyasini” e’lon qildi. Endn u Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilgan
mashxur olimga aylangandi. 1955 yil vafot etgan Eynshteyn hali hamon “dohiylik”, “ustun
zakovat” timsoli sanaladi.
O‘limidan oldin bir guruh olimlar Eynshteyndan vafotidan so‘ng miyasini tekshirib
ko‘rishga ruxsat berishini so‘radilar. U ham ruxsatni bir shart, ya’ni o‘zi yozib qoldiradigan
maktubni tekshiruv natijalari e’lon qilinayotgan paytda ommaga o‘qib berish sharti bilan berdi.
Oradan bir necha yil o‘tib, Eynshteyn vafot qildi. Olimlar miyani maxsus idishda saqlab,
parchalarga bo‘lib tekshiruvni boshlashdi. Ammo biron bir g‘zyrioddiy narsaga duch kelishmadi.
Jamoatchilikni esa Eynshteynni Eynshteyn qilgan jihat, ya’ni miyaning qanday ishlash jarayoni
qiziqtirar edn. Tadqiqot yakunida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Eynshteyi o‘limidan oldin bir
maktub qoldirgani e’lon ыilindi. Maktubda shunday satrlar bor edi: “O‘zimni boshqalardai
aqlliroq deb o‘ylamayman. Bitta farqim, xayol kuchimdan ko‘prok foydalanishimdadir”.
Xulosa qilib aytsak, har bir insonda daho yashiringan. Qilinishi kerak bo‘lgan ish shaxsni
rivojlantiradi. Ya’ni hamma o‘z miyasnning me’mori, desak xato qilmaymiz. Eng muhimi
o‘rganishni va fikrlashni o‘rganishdir.
Demak, insonning shaxs bo‘lib shakllanishida o‘z – o‘zini tarbiyalash muhim ahamiyatga
egadir. Chunki dahoning oddiy odamdan farqi shundaki, uning ishchanlik qobiliyati yuqori
darajadaligidadir.
|
| |