|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 338
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
muvofiq keladi va boshqa tizimlarda maqbul o‘zgarish yasaydi, ya’ni muayyan pedagogik tizim
doirasi bilan chegaralanadi. Innovatsiya sub’ekti oliy ta’lim bo‘lgan holda, innovatsion
o‘zgarishning tizimliligi pedagogik tizim bilan mutanosib bo‘ladi va ta’lim tizimi asoslariga
chiqish uchun imkoniyat yaratadi, ta’lim tizimining darajalaridan birida uning uchun muhim
sanalgan innovatsion oqibatlarga olib keladi. Boshqacha qilib aytganda, ta’lim madaniyatining
artefakti sanalgan innovatsion oliy ta’lim tegishli ta’lim tizimida ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar
yasaydi va o‘zgarayotgan ijtimoiy-ma’rifiy vaziyatga tizimli moslashishga majbur qiladi.
Innovatsiya sub’ekti sifatida shaxs amal qilgan holda bu natijaga doim ham erishilavermaydi.
Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, oliy ta’lim yaxlitligini to‘liq qamrab oluvchi va uni
saqlab turuvchi tizimlilik kamida ikki darajaga ega bo‘ladi. Birinchi daraja turli ta’lim
tizimlarining yaxlitligini belgilash va keyinchalik ularni madaniyatda ushlab turish uchun zarur
bo‘lgan ta’lim tizimi mavjudligining falsafiy, psixologik va didaktik qatlamlarini o‘z ichiga
oladi[4]. Bu, ta’bir joiz bo‘lsa, ijtimoiy tizim sanalgan oliy ta’limning ijtimoiy-madaniy o‘rnini,
tegishli ta’lim tizimining nazariy bilimning yuqorida zikr etilgan qatlamlarining yagonaligi bilan
belgilangan asoslarini identifikatsiya qilish imkoniyatini beruvchi nazariy refleksiya darajasidir.
Ikkinchi daraja oliy ta’lim ta’lim makonining o‘zaro bog‘langan elementlarini o‘zida ifodalaydi.
Bu elementlar orasida quyidagilar innovatsion oliy ta’lim belgilari sifatida zikr etiladi:
- an’anaviy amaliyotdagidan o‘zgacha mazmunni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- o‘zgacha hayot tarzini yaratish va amalda ro‘yobga chiqarish;
- pedagogik mehnat vositalarini izlab topish va almashtirish.[5]
Shuni qayd etish lozimki, yaxlit ta’lim makoni elementlarini tushunishdagina ayrim tarkibiy
farqlar mavjud. Innovatsiyaning kollektiv sub’ekti sifatidagi oliy ta’limning tipologiyasiga kelsak,
T.Kovalyova tomonidan ilgari surilgan oliy ta’limlarni innovatsion faoliyatni tashkil etish
asoslarining xususiyatiga ko‘ra tiplarga ajratish (asosan loyihalash faoliyatiga qarab mo‘ljal
oluvchi loyiha-oliy ta’lim muassasalari va asosan tadqiqot faoliyatiga qarab mo‘ljal oluvchi
laboratoriya-oliy ta’limlar) haqidagi qiziqarli gipotezasi bo‘lg‘usi ilmiy izlanishlarning jalb
qiluvchan va samarali yo‘nalishiga aylanishi mumkin. Shunigdek, yangicha boshqaruv madaniyati
ta’sirida shakllanadigan bunday tiplarga ajratishning zarurligini ta’lim voqeligi ham tasdiqlaydi.
Masalan, ta’lim tizimlarini innovatsion rivojlanishning ijtimoiy mexanizmi yordamida samarali
boshqarish imkoniyatlarini o‘rganuvchi boshqaruv modellari vujudga kelmoqda. Ularning
ayrimlarida oliy ta’lim muassasalarni ularda amalga oshirilayotgan innovatsion faoliyatning
ko‘lami va sifati hamda turli tipdagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida mumkin qadar samarali
o‘zaro aloqaning tashkil etilishi nuqtai nazaridan tasniflash vazifasi boshqaruv vazifasi sifatida
ilgari surilmoqda va yechilmoqda[6]. Ko‘rib turganimizdek, bu yerda tiplarga ajratish mezoni
o‘zgaradi, lo‘nda qilib aytganda, u innovatsion faoliyat yetakchi tipining asosiga ko‘ra (loyihalash
yoki tadqiqot) emas, balki oliy ta’lim innovatsion yetuklik darajasining integral ko‘rsatkichi
sifatidagi ijtimoiy-ma’rifiy qimmatiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim innovatsion faoliyatda ta’lim maqsadining qat’iyan aniqlanishi (nega va nima
uchun?), o‘quv jarayoni mazmuni (nima?), tashkiliy shakllarni (qanday?), o‘qitish metodlari va
vositalarini (nima yordamida?) saralash va tanlashga ko‘maklashishi, shuningdek, o‘qituvchining
pedagogik mahorati darajasiga bog‘liq holda didaktik jarayon samarasini aniqlashga imkon berishi
kerak.[7]
Shunday qilib, «innovatsion hayot tarzi» degan umumiy tushuncha innovatsion faoliyat
sub’ekti sanalgan oliy ta’lim tizimining barcha o‘ziga xos belgilarini o‘zida izchil
mujassamlashtiradi. Mohiyat e’tibori bilan u tizimli ijtimoiy organizm sifatidagi oliy ta’lim
tizimining yaxlitligini o‘zida ifodalaydi. U o‘zaro ta’sirga kirishuvchi va bir-birini mazmunan
to‘ldiruvchi quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:
-
professional-pedagogik
madaniyatning
innovatsiyalar
barqaror
rivojlanishini
ta’minlaydigan izlanuv-ijodiy asosni belgilovchi xossasi sifatidagi innovatsionlikni;
- oliy ta’lim tizimi ta’lim muhitining barcha elementlari rivojlanishi ijtimoiy mexanizmining
mohiyatini belgilovchi metafaoliyat sifatidagi innovatsion faoliyatni;
|
| |