|
Jizzax davlat pedagogika universitetiBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
faol foydalanish bilan bog‘liq va birinchi navbatda ta’limning sifati va samaradorligini oshirishga
qaratilgandir. Shu munosabat bilan talabalarning kasbiy innovatsion faoliyati tubdan boshqacha
ma’no kasb etadi. Innovatsion faoliyatning mohiyati va mazmuni shundan iboratki, talabalar
uchun ta’lim sohasidagi har qanday yangilik o‘qituvchi tomonidan amalga oshirilgandagini
yuzaga chiqadi. Ya’ni, ta’lim jarayonida talabalarni ob’ektdan sub’ektga aylantirish, birinchi
navbatda, o‘qituvchining kasbiy kompetentligiga bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimiz zamonaviy yuksalishga erishish
maqsadida innovatsion rivojlanish bosqichiga kirganligini e’tirof etilgan. “Innovatsiya – bu
kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni... aynan innovatsion g‘oyalar asosida
boshlashimiz kerak. Innovatsion rivojlanish va raqamli iqtisodiyot yo‘liga o‘tishimiz bejiz emas
Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr,
yangi g‘oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi.” [1 ] “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan tegishli huquqiy zaminni yaratish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinishi
(2020 yil 24 iyul) yangi O‘zbekistonni qurishda muhim qadam bo‘ldi. Ushbu qonun
taraqqiyotimizni kafolatlovchi, uni yanada jadallashtiruvchi yangi g‘oya, yangi kashfiyotlar, ilmiy
ishlanmalarni yaratish hamda hayotga joriy etilishining ishochli huquqiy mexanizmlarini
mustahkamlab benihoya muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, zamonaviy iqtisodiyotning drayveri hisoblanadigan inson kapitalini yaratishda
oliy ta’limga ilg‘or innovatsiyalarni joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘z-o‘zidan ravshanki, «innovatsion oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar va talabalar
faoliyatining alohida tashkil etilishi, xususan uning o‘z ishini teran asoslarigacha muntazam
ravishda qayta ko‘rish bilan bog‘liqligi o‘ta muhim pedagogik omil hisoblanadi»[2]. Mazkur omil
innovatsiyaning jamoa sub’ekti sifatidagi oliy ta’lim, ya’ni innovatsion oliy ta’lim tizimining
asosiy moddiy belgilaridan biridir. Bunda innovatsion oliy ta’lim tizimi, bizning nazarimizda,
monomadaniyatli bo‘lishi, ya’ni butun jamoa metodologik asoslar va dunyoqarashga doir
mo‘ljallar birligi bilan birlashtirilishi, shu bilan bir vaqtda, u polimadaniyatli bo‘lishi, ya’ni oliy
ta’lim tizimining ta’lim makonida ta’lim tizimining turli xil modellari amal qilishi va bir-biri bilan
muloqotga kirishishi mumkin. Innovatsion oliy ta’limni boshqa turdagi oliy ta’limlardan ajratish
imkoniyatini beruvchi belgi innovatsion hayot tarzining shakllanganligi hisoblanadi. Uning
tarkibiy elementlariga quyidagilarni kiritish mumkin: professional-pedagogik madaniyatning
xossasi sifatidagi innovatsionlikni, innovatsion faoliyatni, innovatsion muhitni va o‘ziga xos hayot
tarzi bilan ajralib turuvchi innovatsion jamoaning mavjudligini.
Innovatsion hayot tarzining mazmuni shu bilan belgilanadiki, u «muttasil izlanishlar olib
borish, doimiy rivojlanish uchun «loyihalashtirilgan», izlanishlarning natijalarini emas, balki
yangilikni yaratish jarayonining o‘zini doimiy ravishda qo‘ldan-qo‘lga o‘tkazish uchun
mo‘ljallangan oliy ta’lim muassalari»ni [3] tavsiflaydi.
Oliy ta’lim innovatsiyaning jamoa sub’ekti bo‘lishi mumkinligi eng avvalo shu bilan
belgilanadiki, cheklangan ta’lim makonida cheksiz dunyo obrazini saqlash imkoniyatini beruvchi
jonli ta’lim jarayoni faqat oliy ta’limda amalga oshirilishi mumkin. U ta’lim tizimining ta’lim
jarayoni atrofida yuzaga keluvchi munosabatlar majmuini mumkin qadar kamaytiradigan, lekin
o‘zida to‘liq mujassamlashtiradigan birdan-bir sub’ekt «birligi» hisoblanadi. Binobarin, oliy ta’lim
mikrokosm sifatida ta’lim tizimini isloh qilishning ijtimoiy mexanizmlarini modellashtirishi va
sinovdan o‘tkazishi, bo‘lg‘usi jamiyat tuzilishining prognostik modellarini yaratishi mumkin.
Nihoyat, oliy ta’lim – bu ta’lim jarayoni sub’ektlarining emas, balki odamlarning konkret o‘zaro
aloqasidir.
Bunda innovatsion faoliyat sub’ekti sanalgan oliy ta’limning hayot tarzi o‘zining eng
muhim belgisiga ko‘ra oliy ta’limning ijtimoiy organizm sifatidagi yaxlitligini saqlashi lozim.
Bunday belgi sifatida sub’ekt shaxsning innovatsion tipi bo‘lgan holdagi kabi tizimlilik amal
qiladi. Ammo innovatsiya sub’ekti sifatidagi shaxs uchun tizimlilikning mutanosibligi, ya’ni
ularning optimal o‘zaro aloqasi, odatda, pedagogik tizimning bir yoki bir nechta elementlari bilan
|
| |